Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta


-usul: Foydaning ichki me’yori usuli



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/35
tarix17.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#99049
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion mu

2-usul: Foydaning ichki me’yori usuli (IRR)- bu pul tushumlarining diskont 
qiymati pul chiqimlarining diskont qiymatiga teng bo‘lgandagi daromadlilik 
darajasi yoki bo‘lmasa loyihadan olingan sof tushumlarning diskontlangan qiymati 
investitsiyalarniig diskontlangan qiymatiga, sof joriy qiymat esa nolga teng 
bo‘lgandagi diskont me’yoridir. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun sof joriy qiymatni 
aniqlashda ishlatilgan formuladan foydalaniladi va sof joriy qiymat nolga 
tenglashadigan minimal foiz stavkasi topiladi. Aynan shu foiz stavkasi foydaning 
ichki me’yori usuli deb nomlanadi. Bu usul iqtisodiyotda rentabellikning ichki 
me’yori, qoplash yoki samaradorlik koeffitsienti, kapital qo‘yilmalarning 
chegaraviy samaradorligi deb ham yuritiladi. Uni hisoblash formulasini quyidagi 
tenglamada ifodalash mumkin: 


37 
 
(3) 
Foydaning ichki me’yorini boshqacha ko‘rinishda, ya’ni interpolyatsiya usuli 
orqali ham ifodalash mumkin: 

(4) 
bu yerda, NPV1 – d1 diskont me’yori stavkasidagi sof joriy qiymatning ijobiy 
miqdori;
NPV2 – d2 diskont me’yori stavkasidagi sof joriy qiymatning salbiy miqdori.
Foydaning ichki me’yorini aniqlashda d1 va d2 ko‘rsatkichlar miqdori asosiy 
o‘rinni egallaydi. Ularning ta’siri natijasida sof joriy qiymatning o‘zgarishini va 
buning oqibatida esa foydaning ichki me’yori ham o‘zgarishini kuzatish mumkin. 
Shunga ko‘ra:
d1 – bu NPV ning ijobiy qiymatini minimallashtiruvchi foiz stavkasi;
d2–bu NPV ning salbiy qiymatini maksimallashtiruvchi foiz stavkasi 
hisoblanadi. 
3-usul: Investitsiyalarniig rentabelligi usuli (RI) - diskontlashtirilgan 
daromadlarning diskontlashtirilgan investitsiya xarajatlariga nisbatini hisoblab 
topishga asoslangan. Bu qanday holatda investor boyligi o‘sishi mumkinligini 
ko‘rsatib beradi va quyidagicha aniqlanadi: 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin