Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion mu
Birinchi bob bo‘yicha xulosa Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga keng ko‘lamda jalb qilish zarurati
quyidagi holatlardan kelib chiqadi:
– iqtisodiyotdagi mavjud asosiy fondlarning jismoniy va ma’naviy eskirgan-
ligi, sanoat tarmog‘ida moddiy texnika bazasining o‘ta pastligi;
– respublika milliy daromadida jamg‘arish bilan ist’emol o‘rtasidagi nisbat-
ning iste’mol tomonga ko‘plab sarflanayotgani va jamg‘arishning investitsiya
manbai sifatida kamayib borayotganligi;
– O‘zbekistonning xom ashyo va tabiiy boyliklarga boyligi, ko‘plab qayta
ishlovchi sanoatlar korxonalarni qurii imkoniyatining mavjudligi;
– respublika eksport salohiyatining nisbatan pastligi;
– eksport tarkibida xom ashyoning asosiy salmoqni tashkil etishi, kelgusida
ilg‘or zamonaviy texnologiyani jalb qilish orqali tayyor mahsulotlar ishlab chiqib,
eksport hajmi va tarkibini o‘zgartirish zarur.
Xorijiy investitsiyalar maqsadiga qarab to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investit-
siyalarga bo‘linadi.Bugungi kunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga jahon
iqtisodiyotida talab, taklifga nisbatan yuqori bo‘lib, bu investitsiyalar orqali ishlab
chiqarishni zamonaviy ilg‘or uskuna, texnologiya bilan qurollantirish, “nou-xau”
va malakali ishchi kuchiga ega bo‘lish, chet el tajribasini o‘rganish kabilarga
imkoniyat yaratiladi. Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida
investitsiya faoliyatini amalga oshirganda: O‘zbekistonning amaldagi qonun
hujjatlariga rioya etishlari; O‘zbekiston qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va
boshqa to‘lovlar to‘lashlari; investitsiya loyihalarida O‘zbekistonning qonun
hujjatlaridan kelib chiqadigan sanitariya-gigiena, ekologiyaga oid va boshqa
talablarga rioya etilganligi xususida ekspertiza xulosasini olishlari; o‘z raqobat-
chilariga nisbatan qo‘shimcha imtiyozlar va afzalliklar olish maqsadida investitsiya
faoliyati bo‘yicha sheriklariga yoki davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat
hokimiyati organlariga bevosita va (yoki) bilvosita noqonuniy ta’sir o‘tkazishning
har qanday shakllaridan o‘zlarini tiyishlari shart.