Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta


-rasm. Qimmatli qog‘ozlar bozori aylanmasining o‘zgarishi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/35
tarix17.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#99049
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion mu

2.4-rasm. Qimmatli qog‘ozlar bozori aylanmasining o‘zgarishi
12
 
Yuqoridagi 1-rasmda mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozori aylanmasining 
2009-2016 yillarda rivojlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Qayd etilgan 2009 
yilda qimmatli qog‘ozlar bozori aylanmasi 749,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 
2012 kelib mazkur ko‘rsatkich 2093,5 mlrd. so‘mga oshgan. Qimmatli qog‘ozlar 
bozori aylanmasi 2013 yilga kelib 977,4 mlrd. so‘mga pasaygan. 2014 yil ushbu 
ko‘rsatkich 1327 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich 2015 yilga kelib 
keskin o‘zgargan, 264,4 foizga o‘sib, 3508 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 
yilda maksimal natija 14460 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Rivojlangan 
mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlar bozori yoki fond birjasi kapitalizatsiyasining 
mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi (QQB/YaIM ko‘rsatkichi) juda yuqori 
bo‘lib, bu ko‘rsatkich Nyu-York va Tokio fond birjalarida 70-90 foizni, Koreya va 
London fond birjasida 100-120 foizni, Gonkong fond birjasida 1000-1200 foizni 
tashkil etadi
13
.
So‘nggi yillarda mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozorining yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi 1 foizga ham etmay kelyapti, faqatgina o‘tgan 2015 yilda 
ushbu ko‘rsatkich 2,04 foizni tashkil etdi. Ushbu raqamlar qimmatli qog‘ozlar 
12
Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi ma'lumotlari 
13
Jahon fond birjalari federatsiyasining yillik hisobotlari va 
www.world-exchanges.org
 
http://www.world-
exchanges.org
sayti ma'lumotlari. 


46 
bozori mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda etarlicha o‘ringa ega emasligini 
ko‘rsatadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining taraqqiy etishida ikkilamchi bozorning 
rivojlanganlik darajasi va barqaror amal qilishi muhim o‘rin tutadi. 
Respublikamiz hududlarida amalga oshirilgan umumiy aktsiyalar savdosining 
tahlili birlamchi aktsiyalar bozorining ulushi 93,1 foizni tashkil etganligini 
ko‘rsatib turibdi. Hududlardagi aktsiyalar birlamchi savdosida Toshkent shahrining 
ulushi 99,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, qolgan 0,6 foizi boshqa viloyatlar hissasiga 
to‘g‘ri kelgan
14
. Hududlar kesimida aktsiyalar ikkilamchi savdosining tahlili 
Toshkent viloyatining ulushi 74 foizni tashkil etganligi va bu esa aktsiyalar 
birlamchi va ikkilamchi savdolarining asosan Toshkent shahriva Toshkent 
viloyatida amalga oshirilayotganligi va hududlar bilan taqqoslaganda juda katta 
nomuvofiqlik (disbalans) mavjudligini ko‘rsatadi.
Hududlardagi qimmatli qog‘ozlarning asosiy savdo aylanmasi ham aktsiyalar 
hissasiga to‘g‘ri kelib, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar savdosi 
deyarli mavjud emas. Umuman olganda, muomalada faqatgina aktsiyalar va 
obligatsiyalarning mavjudligi mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozori moliyaviy 
instrument turlari va xilma-xilligi nuqtai nazaridan boy emasligini ko‘rsatadi. Bu 
esa investorga instrumentlar jihatidan diversifikatsiya qilish imkonini bermaydi. 
Yuqoridagi muammolarni hal qilishning eng asosiy yo‘li bu - mamlakatimiz 
iqtisodiyotida yuqori ulushga ega bo‘lgan yirik korxonalarning davlat ulushi 
sifatida turgan qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish (hech bo‘lmaganda bir 
qismini) va investorlarga erkin sotish hisoblanadi va hozirda bu jarayon 
boshlangan.
Yuqoridagi muammolarning hal etilishi muomalada likvidli instrumentlarni 
taklif etilishiga, qimmatli qog‘ozlarning daromadlilik darajasi o‘sishiga, aholining 
fond bozoriga ishonchini ortishiga, bozorni jozibadorlik darajasini yuqori 
bo‘lishiga va natijada qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlanishiga olib keladi. 
 
14
Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi ma'lumotlari. 


47 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin