Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta


-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalarning o‘sish sur’atlari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/35
tarix17.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#99049
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion mu

 
2.6-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalarning o‘sish sur’atlari
16
. 
Qator hududlarda asosiy kapitalga investitsiyalarning yuqori o‘sish sur’atlari 
kuzatildi, jumladan, Navoiy viloyatida o‘tgan yilga nisbatan 184,6 foiz (asosiy 
kapitalga investitsiyalar hajmi 10059,1 mlrd. so‘m), Namangan viloyatida – 171,2 
foiz (7131,0 mlrd. so‘m), Qoraqalpag‘iston Respublikasida – 162,2 foiz (6046,4 
mlrd. so‘m), Jizzax viloyatida – 155,9 foiz (3169,2 mlrd. so‘m), Surxandaryo 
viloyatida – 149,5 foiz (6111,0 mlrd. so‘m), Farg‘ona viloyatida – 146,6 foiz 
(4978,4 mlrd. so‘m), Toshkent viloyatida – 123,7 foiz (9351,4 mlrd. so‘m), 
15
 
www.stat.uz-
 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy axborot sayti ma’lumotlari
16
 
www.stat.uz-
 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy axborot sayti ma’lumotlari


53 
Xorazm viloyatida – 122,8 foiz (2980,0 mlrd. so‘m), va Toshkent shahrida – 114,7 
foiz (21861,5 mlrd. so‘m)
17

Hozirda 
mamlakatimiz 
hududlarining 
rivojlanishiga 
salbiy 
ta’sir 
ko‘rsatayotgan asosiy to‘siqlardan biri – hudud iqtisodiyoti real sektoriga 
kiritilayotgan investitsiyalarning yetarli emasligidir. Hududlar investitsion 
siyosatini ishlab chiqishda ularning investitsion jozibadorligi asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda respublikamiz hududlarining 
investitsion jozibadorligi etarlicha past bo‘lib hisoblanadi. 
Investitsion jozibadorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarni o‘zida 
ifodalovchi 1-4 guruhlardagi reyting baholash natijalarini hududlarning kompleks 
ko‘rsatkichlarini pasayib borish tartibida joylashtiramiz. Birinchi o‘rin kompleks 
ko‘rsatkichning eng yuqori qiymatiga ega hududga beriladi. Investitsion 
jozibadorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarni ifodalovchi 5-guruh 
reyting baholash natijalari hududlarning kompleks ko‘rsatkichlari qiymatini o‘sib 
borish tartibida joylashtiramiz. Birinchi o‘rin kompleks ko‘rsatkichning eng past 
qiymatiga ega hududga beriladi. Taklif etilayotgan hududlar investitsion 
jozibadorligini baholash metodikasi bir qator o‘ziga xosliklarga ega bo‘lib, 
xususan, tizimlar nazariyasining tartiblaridan foydalanilgan, ya’ni elementlar 
xilma-xilligining zarurligi, minimal yetarlilik va ularning maqsadga yo‘naltiril-
ganligi tamoyillari hisobga olingan. Ushbu holat metodikaga bir qator ustuvor-
liklarni beradi va salohiyatli investor uchun foydali vositaga aylantiradi:
− ma’lumotlarni topishning osonligi – hudud investitsion jozibadorligini 
integral va reyting baholash statistik ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi, ushbu 
ma’lumotlar hududlarning yillik statistik to‘plamlarida chop etiladi; 
− ma’lumotlarning ortiqcha emasligi va to‘liqligi – hudud investitsion 
jozibadorligining turli jabhalarini tavsiflash uchun atiga ellikta boshlang‘ich 
statistik ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: hudud iqtisodiy salohiyati, hudud ishlab 
chiqarish samaradorligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, 
iste’mol darajasi va turmush sifati, investitsion risk;
17
 
www.stat.uz-
 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy axborot sayti ma’lumotlari


54 
− reyting baholashi qiyosiy (solishtirma) hisoblanadi: u barcha tadqiq 
etilayotgan hududlarning haqiqiy erishgan natijalarini hisobga oladi, hudud 
investitsion jozibadorligi ko‘rsatkichlari nisbiy qiymatlarini olishda hisob-kitob 
asosi sifatida ekspertlarning sub’ektiv taxmin va xulosalari emas, balki tadqiq 
etilayotgan ob’ektlarda olingan nisbatan aniq natijalardan foydalaniladi;
− ushbu metodikada hisoblash algoritmidan foydalaniladi, xususan hudud 
investitsion jozibadorligini qiyosiy kompleks baholashning matematik modelidan 
foydalanish imkoni yuzaga keladi;
− ushbu metodika yordamida hisoblangan investitsion jozibadorlikning 
xususiy, kompleks va integral ko‘rsatkichlari qiymatlari noldan birgacha bo‘lgan 
oraliqda joylashgan va bu hududlarni qiyosiy tahlilini amalga oshirishni sezilarli 
darajada osonlashtiradi hamda investitsion jozibadorlikni oshirishning zaxiralarini 
aniqlash imkonini beradi, xususan, nafaqat reyting baholashning ortda qolayotgan 
hududlarida, balki, eng yuqori o‘rinlarda joylashgan hududlar uchun ham. Misol 
uchun, tadqiqotlarimiz davomida aniqlangan ma’lumotlarga asoslanib, reytingda 
0,75 baho bilan etakchi o‘rinni egallayotgan Toshkent shahri quyidagi 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha past qiymatlarga ega (investitsion risk ko‘rsatkichlarida esa 
yuqori qiymatlarga) va ushbu yo‘nalishlarda ishlarni yaxshilash tavsiya etiladi: 
X1.9 - jami investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalarning salmog‘i (0,28), 
X2.5 - canoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘tgan yilga nisbatan o‘sishi 
indeksi (0,20), X4.12 - har 10000 aholiga to‘g‘ri keluvchi madaniyat va aholi dam 
olish markazlari (0,35), X5.3 - aholining kasalliklarga chalinishi darajasi, har 1000 
kishiga (1,0), X5.4 - go‘daklar o‘limi koeffitsienti (1,0), X5.6 - bir yil davomida 
tugatilgan korxona va tashkilotlar soni (1,0), X5.7 - 100000 aholiga to‘g‘ri 
keladigan ro‘yxatga olingan jinoyatlar soni (1,0), X5.8 - 100000 aholiga to‘g‘ri 
keluvchi yo‘l transport hodisalarida halok bo‘lganlar soni (1,0).
Hudud investitsion jozibadorligini baholashning taklif etilayotgan metodika-
dan amaliyotda foydalanish bir tomondan, davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlariga hudud xo‘jalik faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va ushbu 
kamchiliklarni 
bartaraf 
etish 
bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish


55 
hamda natijada investitsion resurslarni jalb qilish imkoniyatlarini yaxshilasa, 
boshqa tomondan esa, ushbu metodika asosida amalga oshirilgan hududlar 
investitsion jozibadorligining tahlili natijalari har bir strategik investorga uning 
qiziqishlarini (xohish-istaklarini) inobatga olgan holda unga maqbul keladigan 
investitsiyalash ob’ektini tanlash imkonini beradi. 
O`zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining rivojlanib borishi, foyda 
olishning turli yo`llarini amalga tatbiq etishga olib kelmoqda. Agarda avval 
korxonalarda asosiy daromad o`zida ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan iborat 
bo`ladigan bo`lsa, bozor munosabatlari rivojlanayotgan hozirgi sharoitda 
investitsiya va moliyaviy daromad olishga kengroq e`tibor qaratilmoqda. Hozirgi 
kunda investor oldida turgan asosiy maqsad optimal investitsiya portfelini 
shakllantirish bo`lib, uning ushbu portfel tarkibiga kiruvchiga investitsiya 
qimmatliklarini, boshqacha aytganda, investtsiya mulk ob`ektlarini qanday 
joylashtirishi ham muhim hisoblanadi.
Bozor munosabatlari rivojlanayotgan bugungi kunda investorning o`z mulkini 
faqat korxonaning muomalaviy faoliyatiga emas, shuningdek investitsiya 
faoliyatiga ham yo`naltirilganligi, oxir-oqibatda, investor olayotgan daromadning 
oshishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda investor mulkini qaysi faoliyatga 
biriktirishi ham muhim masalalar qatoriga kiradi. Jumladan, investor mulki 
tarkibida bo`lgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa mulklari 
investitsiya jarayonlariga ko`proq jalb qilinsa, uning oladigan daromadi yanada 
oshishi mumkin. Investitsiya faoliyatining vositasi hisoblangan mulk barcha 
ijtimoiy-iqtisodiy shakllanishlarda ishlab chiqarish munosabatlarining asosini 
tashkil etib, ularning xususiyatlarini belgilab beradi. Har bir ijtimoiy-iqtisodiy 
shakllanishda mulkchilik turli xil ijtimoiy munosabatlarda rivojlangan bo`lib, 
mulkchilikni tavsiflanganda uning iqtisodiy mazmunini hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etadi. 
Xulosa qilib, davlatdagi xorijiy investitsion muhitni, birinchi navbatda, 
to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar muhitini yanada rivojlantirishga moliya bozori-
ning o’rnini quyidagilar orqali namoyon bo’ladi: 


56 
- soliq qonunchiligini soddalashtirish va ishlab chiqarishni rag`batlantirish 
maqsadida soliq tizimini takomillashtirish; 
- chet ellik investorlar maqsadi, ko`zlangna manfaatlarini chuqur o`rganib 
chiqish hamda tahlil etish orqali ularga yaratilgan qulay shart-sharoitlar va 
imtiyozlarni kengaytirish; 
- investitsiyalarni joylashtirish, ulardan samarali foydalanish borasida 
investitsiya marketingini kengaytirish va rivojlantirish; 
- xorijiy investorlarning ba`zi toifalariga yaratilgan imkoniyatlarni barcha chet 
el investorlari uchun umumiy qonun-qoidalari asosida belgilash; 
- investorlarni mamlakat investitsiya muhitida ular uchun yaratilagan katta 
imtiyozlar va qulayliklar bilan keng tanishtirish, bu borada moliya bozorining o’rni 
to’g’risida ularni xabardor qilish.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin