Mn=0,29y1+0,17y2+0,2y3+0,17y4+0,17y5
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining ob’ektiv jarayonlari marketing klassik
kontseptsiyasining izchil rivojlanishini talab etadi. Shunday kelib chiqqan holda
muallif tomonidan hududiy rivojlanish yo‘nalishlaridan biri investitsion marketing
kontseptsiyasi hisoblanadi.
2.5-rasm. Investitsiyalarning hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga ta’sirini
baholash modeli.
Hudud investitsion jozibadorligini belgilovchi bosh ko‘rsatkich, hududning
marketing muhiti hisoblanadi. Hududarda shakllangan marketing muhitini ifodalab
beruvchi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2012 yil 20 apreldagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy
49
rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimi bo‘yicha
tanlangan omillarga ko‘ra baholash amaliyoti takomillashtirildi.
Investitsion marketing kontseptsiyasi shakllanishida ikki asosiy yondashuv
mavjud:
- birinchidan, korxonalarning marketing xarajatlari darajasi oshishi va
ularning marketing dasturini amalga oshirishdagi murakkab vazifalar hisobla-
nuvchi investitsion qo‘yilmalar xususiyatlarining natijaviyligini asoslash zarurligi
bilan bog‘liq;
- ikkinchidan, investitsion marketing korxonalar strategiyalarini amalga
oshirish jarayonlaridagi taktik maqsadlarni asoslash, bozorni rivojlantirishning
o‘ziga xos tomonlarini belgilash jarayonlari bilan bog‘liq.
Muayyan hudud investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha uning
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda benchmarking metodikasidan tahlilni
amalga oshirish vositasi sifatida foydalanish mumkin. Uning yordamida boshqa
hududlar qaysi yo‘nalishlarda yaxshiroq va muvaffaqiyatliroq ishlarni amalga
oshirayotganini aniqlash mumkin bo‘ladi va keyin ularning bu boradagi ilg‘or
tajribasini o‘z hududingizga joriy etish talab etiladi.
Tadqiqotimiz doirasida hudud iqtisodiyotining raqobatdoshligi va investitsion
jozibadorligini oshirish omillari benchmarkingi qiziqtiradi va uni bir necha
bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
1) investitsiyalarni, xususan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish jarayonida
raqobatlashuvchi muvaffaqiyatli hududlarni tanlab olish, bunda hududlarning
nisbatan yaqin joylashganligi tamoyili hisobga olinishi maqsadga muvofiq;
2) tanlab olingan hududlar bo‘yicha hududlarning investitsion jozibadorligi
omillarini tanlab olish;
3) ma’lumotlarni qidirish, jamlash va qayta ishlash;
4) ma’lumotlarni tahlil qilish va tanlab olingan omillar asosida hudud
raqobatdoshligi va investitsion jozibadorligi radarini tuzish;
5) olingan ma’lumotlardan o‘z ko‘rsatkichlaringizni yaxshilash va tavsiyalar
ishlab chiqish uchun foydalanish.
50
Tadqiqotimiz davomida ko‘rib chiqilgan barcha omillar ichidan tadqiqotimiz
uchun nisbatan muhim va ahamiyatli deb topilgan quyidagi omillarni tanlab oldik,
ya’ni “qattiq omillar”:
1) geografik joylashuv;
2) tabiiy resurslar;
3) xizmatlar bozori infratuzilmasi;
4) hudud boshqaruv organlarining TTXI jalb qilishga qiziqishi va rasmiy-
lashtirish jarayonlari;
5) ishbilarmonlik muhiti va biznesni yuritish imkoniyatlari;
6) taqdim etilayotgan xizmatlarning hajmi va sifati.
Investitsion jozibadorlikning shakllanishi ko‘p jihatdan puxta o‘ylangan
davlat investitsion siyosatiga bog‘liq bo‘lib, uning bosh maqsadlari sifatida qulay
investitsion muhitni yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish
va istiqbolli innovatsion loyihalarni investitsiyalashning yangi shakllarini qidirib
topish kabilar qaralishi zarur.
Shu bilan birga, davlatning ushbu jarayonni tartibga solish borasidagi
harakatlari qulay investitsion muhitni yaratish va davlatning o‘z investitsion
faoliyatini jadallashtirish, samaradorligini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilishi
zarur deb hisoblaymiz. Davlatning bu boradagi faoliyati yaqin o‘zaro bog‘liqlikda
amalga oshirilishi kerak, davlat aralashuvi vositalari esa bir-birini to‘ldirishi zarur.
Bundan tashqari, investitsion infratuzilmani yuzaga keltirmasdan va investorlar
qiziqishini oshirish uchun davlat tijorat kafolatlarini taqdim etmasdan turib
investorlarni muvaffaqiyatli jalb qilib bo‘lmaydi. Fikrimizcha, bu xulosalar
mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish va rivojlanishning yangi
bosqichiga chiqish jarayonida ayniqsa dolzarb hisoblanadi. Respublikamiz
hududlariga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini tahlil qilish shuni
ko‘rsatadiki, jami investitsiyalar tarkibida mamlakat hududlarining ulushi notekis
taqsimlangan. Jumladan, 2016 yil ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyati,
Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahri hissasiga jami investitsiyalarning 46,3
foizi to‘g‘ri kelsa, Jizzax, Sirdaryo, Xorazm, Surxondaryo va Andijon viloyat-
51
larining ulushi nisbatan pastligini ko‘rishimiz mumkin. Bu ko‘rsatkichning
salmog‘ini aniqroq tasavvur qilish uchun, past ko‘rsatkichga ega yuqoridagi 4
hududning jami investitsiyalardagi ulushi 11,9 foizni tashkil qilsa, eng katta
salmoqqa ega Toshkent shahri 20,5 foiz ulushga ega.
2017 yilning yanvar-dekabr oylarida xorijiy investitsiyalar va kreditlarning
o’sish sur’atlari yuqori bo’lib, 2016 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 18,2
foizga ko’paygan,bu albatta Qandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash
vа gazni qayta ishlash zavodini qurish loyihasining bajarilishi bilan bog’liq.
2017 yilning yanvar-dekabr oylarida jami asosiy kapitalga investitsiyalarning
61,0 foizi Тоshkent shahri, Buxoro, Qashqadaryo vа Тоshkent viloyatlari
tomonidan o’zlashtirildi (mos ravishda jami investitsiyalarning 19,0 foiz, 18,1 foiz,
16,8 foiz ва 7,1 foiz miqdori) Хоrazm, Qashqadaryo, Surxondaryo vа Buxoro
viloyatlarida yuqori investitsion faollik kuzatilindi.
Аsosiy kapitalga investitsiyalarning yuqori o’sish suratlari kuzatilgan
hududlarni ko’radigan bo’lsak: Buxoro viloyatida 151,7 foiz (11 008,9 mlrd.
so’m), Qashqadaryo viloyadida 123,5 foiz (10181,9 mlrd. so’m), Surxondaryo
viloyadida 138,5 foiz (2949,1mlrd.so’m), Тоshkent shahrida 103,7 foiz (11525,9
mlrd.so’m) o’sish sur’atlari kuzatilindi.
Тоshkent, Farg’ona, Navoiy
viloyatlari hamda
Qoraqalpog’iston
Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalarning hajmi 2016 yilga nisbatan 3,6
– 50,9 foizga kamaydi.
Хоrijiy investitsiya va kreditlarning jami asosiy kaoitalga o’zlashtirilgan
investitsiyalardagi ulushi 22,1 foizdan 26,9 foizga ko’paydi, 2016 yilga nisbatan
4,8 foizga oshdi, mos ravishda: Buxoro viloyatida 75,0 foiz (20,7 foiz), Namangan
viloyatida 35,7 foiz (10,7 foiz), surxondaryo viloyatida 17,4 foiz (6,5 foiz),
Хоrazm viloyatida 11,8 foiz (5,2 foiz) hamda Тоshkent shahrida 18,8 foizini (2,4
foiz) хоrijiy investitsiya va kreditlar tashkil etgan. Shu bilan birga, quyida
keltirilgan hududlarda xorijiy investitsiya va kreditlarning pasayishi kuzatilingan:
Qoraqolpog’iston Respublikasida 12,0 foiz (33,7 foiz), Qashqadaryo viloyatida
52
19,2 foiz (9,5 foiz), Sirdaryo viloyatida 5,7 foiz (2,6 foiz), Farg’ona viloyatida 8,1
foizни (2,7 foiz) tashkil etdi
15
.
2018 yilning yanvar-dekabrida jami asosiy kapitalga investitsiyalarning katta
qismi, ya’ni 66,7 foiz i Respublikaning oltita hududida, jumladan, Toshkent
shahrida – 20,4 foiz, Qashqadaryo viloyatida – 14,3 foiz, Navoiy viloyatida – 9,4
foiz, Toshkent viloyatida – 8,7 foiz, Buxoro viloyatida – 7,3foiz va Namangan
viloyatida – 6,6foiz o‘zlashtirildi.
Dostları ilə paylaş: |