Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/35
tarix17.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#99049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Shodieva nargiza mexrikulovna milliy iqtisodiyot investitsion mu

Uchinchi bob bo‘yicha xulosa............................................................... 
71 
 
Xulosa va takliflar..................................................................................
72 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati......................................................
76 
 



KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasining asoslanishi va dolzarbligi. Bugungi kunda 
jahon amaliyotida investitsion muhitni takomillashtirish strategiyalarini ishlab 
chiqish, barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash uchun faol investitsion siyosat 
yuritish va iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini shakllantirishga yo’naltirilgan qator
tadqiqotlar olib borilmoqda. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida har bir 
mamlakatning yuqori darajadagi raqobatbardoshligini ta’minlashini investitsiya-
larga bilan bog‘liqligini amaliyot natijalari asoslamoqda. Ushbu jihatlar milliy 
iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsion salohiyatini oshirishning 
bozor imkoniyatlaridan samarali foydalanish, infrutuzilmani shakllantirish, 
hududning faol imijini yaratishga qaratilgan investitsion muhitni shakllantirish 
strategiyalarini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb iqtisodiy vazifalardan biri 
ekanligini aks ettiradi.
Iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni moliyalash-
tirishning samarali usullarini qo‘llash, xalqaro moliya institutlari bilan bevosita 
aloqalarni o‘rnatish, investitsiya faoliyatni moliyaviy ta’minlash jarayonlarida 
moliya bozorining rolini oshirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, mamlakati-
mizda iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan investitsiyalarni ko‘paytirish va 
shu asosda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, sanoat va eksport 
salohiyatini oshirish yo‘li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirishda moliya bozori alohida o‘rin tutadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-
sonli 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va 
ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi, 2017 yil 7 
fevraldagi PF-4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2017 yil 31 martdagi PF-4996-son 
«O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil etish 
to‘g‘risida»gi farmonlari va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy 



hujjatlar milliy iqtisodiyot investitsion muhitiga moliya bozorining ta’sirini 
shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini shakllantirishga xizmat qiladigan 
tadqiqotlarni amalga oshirishni talab etgan holda dissertatsiya mavzusining 
dolzarbligini belgilab beradi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin