Sho’rlangan tuproqlar
Sho’rlangan tuproqlar deb
tarkibida o’simliklar (galofit bo’lmagan
sho’rga chidamsiz)ning normal o’sishi va rivojlanishiga zarar yetkazadigan
miqdorda suvda oson eruvchi tuzlarni saqlovchi tuproqlarga aytiladi. Suvda oson
eruvchi tuzlar jumlasiga odatda sovuq suvda eruvchanligi gipsga (CaSO
4
•2H
2
O)
nisbatan yuqori bo’lgan tuzlar kiritiladi. Barcha tuzlar ichida soda -Na
2
CO
3
eng
zararli hisoblanadi, shuning uchun miqdori 0,6 foizdan oshsa, hech narsa o’smaydi,
0,1 foizga yaqin bo’lsa o’simlik o’sishi salbiy boladi.
Sho’rlangan tuproqlarning umumiy belgilari:
Akkumulyativ
landshaftlarda
hosil bo’lishi; Suvda eriydigan tuzlarning tuproq paydo bo’lishida ishtiroki;Tuproq
eritmalarining yuqori konsentrasiyasi, O’ta yuqori ishqoriylik sababli, o’simlikning
normal o’smasligi
Formasiyada quyidagi tuproq sinflari ajratiladi:
Sho’rlangan tuproqlar,
bularga sho’rxoklar, sho’rxokli va sho’rxoksimon tuproqlar kiradi.-Ishqorli
tuproqlar, bularga sho’rtoblar, sho’rtobli tuproqlar va taqirlar kiradi,
Sho’rlangan tuproqlar Qozog’iston, G’arbiy Sibir, O’rta Osiyo respublikalari,
Quyi Volga bo’yi, Janubiy Ukraina, Azarboyjon va Shimoliy-sharqiy Kavkazoldi
xududlarida keng tarqalgan. O’zbekiston Respublikasi xududida sho’rlangan
tuproqlar
Sirdaryo,
Jizzax,
Buxoro,
Navoiy,
Xorazm
viloyatlarida.
KKRespublikasida, Qarshi cho’li, Surxon-Sherobod dashti, Markaziy Farg’ona va
boshqa joylarda keng tarqalgan. Keyingi ma’lumotlarga ko’ra (2001)
O’zbekistondagi sho’rlangan yerlar maydoni jami sug’oriladigan yerlarning 64,4
foizini tashkil etadi.
Tuproqdagi tuzlarning manbai va sho’rlanish sabablari.
Tuproqlardagi
tuzlarning manbai va sho’rlanish sabablari turli-tumandir. Tuzlar hosil bo’lishini
eng asosiy manbasi bu nurash ta’sirida parchalanayotgan tog’ jinslaridir.
Nurash
jarayonida
turli tuzlar xloridlar,
sulfatlar, nitratlar, silikatlar va ko’p miqdorda
karbonatlar hosil bo’ladi. Yer yuzasidan
oqadigan va sizot suvlari
bilan
tuzlar
okeanlar yoki berk havzalarga ko’chiriladi va to’planadi. V.A.Kovdaning hisobiga
ko’ra quruqlikdan har yili jaxon okeanlariga 3 mlrd. t, berk xavzalarga esa 1mlrd. t.
gacha tuzlar olib kelinadi.
Vulkanlar otilishi
. Vulkan gazlarida Cl, SO
4
, CO
2
lar
uchraydi, Sho’rlangan tuproqlar, sho’rxoklarning kelib chiqish sabablari juda
xilma-xil
. - Ona jinslar
. Ayniqsa dengiz cho’kindilari tarzidagi sho’r jinslarning
turli sabablarga ko’ra yer betiga yaqin chiqib qolishi tuproqlarning sho’rlanishiga
sabab bo’ladi. Dengiz va ko’l sohillaridagi sho’r tuproq larning
shamolda uchib
kelishi
, tuproqlarning sho’rla nishiga sabab bo’lishi mumkin, bu ayniqsa Orol va
Kaspiy dengizi atrofidagi rayonlarda ko’proq kuzatiladi.Cho’llarda har yili bir
gektar yerga o’rta xisobida 450-500 kg tuz kelib qo’shiladi. Orol havzasida bundan
4-5 marta ko’p.
Tuproqning birlamchi sho’rlanishi
minerallashgan sizot suvlarining
bug’lanishi tufayli tuproqda tuz to’planishi yoki tuproq
paydo qiluvchi jinslarda
tuz mavjudligi va boshqa omillar ta’sirida vujudga keladi.
Tuproqning ikkilamchi
yoki qayta sho’rlanishi
tuproqda suv rejimining buzilishi, ya’ni noto’g’ri
sug’orilishi oqibatida yuz beradi. Tuproqning qayta sho’rlanishi sho’rlanmagan
yoki birlamchi sho’rlangan tuproqlarda shu sababga ko’ra ikkinchi marta sho’r
bosishi mumkin.
Yerlanishi noto’g’ri sug’orish
Noto’g’ri sug’orish natijasida
tuproqning sho’rlanishi
qayta sho’rlanish
, u turdagi tuproqlar esa
sun’iy
sho’rxoklar
deyiladi. Noto’g’ri sug’orish natijasida Mirzacho’l, Jizzax dashti,
Qarshi,
Surxon-Sherobod
cho’llari, Markaziy Farg’ona,
Xorazm va
Qoraqalpog’iston, Navoiy, Buxoro va boshqa viloyatlarda ikkilamchi sho’rxoklar
paydo bo’lgan va katta maydonlarni tashkil etadi.
Sho’rhoklar va sho’rtoblar ularning hosil bo’lishi, tasnifi, tarkibi,
xususiyatlsri.
Ko’rsatilgan miqdordagi tuzlarni ustki qatlamda emas balki pastki
qatlamlarda saqlaydigan tuproqlarga
sho’rxoksimon
deb ataladi. Tuproq
profilining barcha qismlarida yuqorida ko’rsatilgan (0,6 yoki 1,0 yoki 2,0 foiz) dan
kam miqdorda tuzlar saqlaydigan, ustki gorizontlarida tuzlar miqdori eng ko’p
bo’lgan kuchli sho’rlangan tuproqlar
sho’rxokli
tuproqlar
deyiladi
Bundan tashqari sho’rtob va sho’rtobli tuproqlarga turli agromeliaritiv
(o’g’it
solish, sho’rtobli qatlamlarni ag’darib chuqur haydash, sug’orish ishlarini keng
ko’lamda joriy qilish, yer osti suvlari yuza joylashgan yerlarda zovurlar qazib
ularning sathini pasaytirish
) tadbirlarni o’tkazish tuproqning fizikaviy va
kimyoviy xususiyatlarini yaxshilab, unumdorligini oshirishga sabab bo’ladi.
Agar agromeliorativ tadbirlar o’z vaqtida va to’g’ri qo’llanilsa, bu yerlarda
ekin ekib, ulardan muttasil yuqori hosil olish mumkin.