Shovqin ulchagichlarning asosiy texnik ko’rsatkichlari
Turi
Chastota
lar doirasi, kGs
Ulchanadi
gan shovqining darajalari doirasi, dB
Xarorat doirasi, t0S
Ruxsat etiladigan namlik, %
Tashki ulchamlari, sm
Ogirligi, kg
SH-3M
0,040-10
30-140
10 dan 35gacha
65-75
27x20x14
5,5
ISHV-1
0,022-12
30-150
-20dan 50 gacha
80 gacha
22x36x36
12,0
2203(Bryu
l va Kyer) PSI - 202
0,020-18
22-140
-10 dan 60 gacha
90 gacha
31x12x9
2,7
(RET-Germaniya)
0,020-12
17-135
-10 dan 10 gacha
90 gacha
26x12x18
3,6
5.3. Shovqinga qarshi kurash usullari. Shovqinga qarshi kurashish quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:
okilona akustik rejalashtirish (shovqinli uskunalarni to’g’ri joylashtirish);
manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish;
shovqinni ixotalash;
shovqinni yutish;
shovqinga qarshi to’siqlar qo’llash;
shovqinni buguvchi moslamalar qo’llash;
shovqinga qarshi shaxsiy himoya vositalari qo’llash.
Ratsional akustik rejalashtirish. Korxona obyektlarini rejalashtirish, bosh rejani loyihalashda shovqin chiqaruvchi obyektlarni lokallashtirish, ma’lum joylarga, ya’ni boshka obyektlarga shovqinning zarari tegmaydigan qilib joylashtirish talab qilinadi. Bunda birinchi navbatda “shamollar guldastasi”, ya’ni shu axoli punktida shamolning asosiy yo’nalishi hisobga olinadi.
Shovqinli sexlar bilan “tinch” xonalar (idoralar, konstruktorlik byurolari, ko’tubxona, tibbiyot xonasi va x.k. lar) orasidagi masofa shovqinni kerakli mikdorda kamaytira oladigan darajada bo’lishi kerak. Agar korxona shaxar xududida bulsa (to’qimachilik korxonalari aksar shaxar xududi ichida joylashgan bo’ladi), shovqinli sexlar axoli yashovchi uylardan uzoqrokda, ya’ni korxona xududining ichkarasida joylashtirilishi kerak. Agar bunday sexlar bir binoning ichida joylashtirilishi kerak bulsa “tinch” xonalar shovqinli xonalardan shovqinni yaxshi ixotalovchi to’siqlar bilan ta’minlanishi yoki boshka, odam kam bo’ladigan xonalar, sanuzel va koridorlar bilan ajratilgan bo’lishi kerak.
Umuman shovqin manbasidan L, m uzoqlikda qanchaga sunishini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin. Masalan, tukuv sexidan 30 m uzoqlikda korxona xovlisida joylashgan sartaroshxonadagi shovqinning kuchini aniqlash. Shovqin manbaidan 1 m masofadagi kuchi 94 dB.
Lx=Lshm-20 lg L -8= 94-20 lg 30-8=56,4dB.
bu yerda L-shovqin manbai bilan biror obyekt orasidagi masofa, m;
Lshm- shovqin manbaining shovqin chiqarish kuchi darajasi, dB (odatda undan 1 m masofada ulchanadi);
Lx- shovqinni L masofada sunishi, dB.
Shovqin kup chiqaradigan sexlar atrofi yaxshi kukalamzorlashtirilgan, bargi kalin daraxt va bo’talar bilan qoplangan bo’lishi kerak.