-shovqinli uskunalar sexda eng kam odam ishlaydigan vaqtda ishlatiladi;
-korxona hududi ko’kalamzorlashtiriladi;
-shovqin manbaidan chiqadigan shovqin pasaytiriladi;
-shovqinning tarkalishini cheklash choralari ko’riladi;
-shovqin so’ndirgichlardan foydalaniladi;
-shovqinni to’sadigan dastgohlar (ekranlar) qo’llaniladi;
-tovush o’tkazmaydigan g’iloflar yordamida shovqinning atrofga tarqalishi kamaytiriladi;
-shovqin ta’sirlaridan himoyalaydigan yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydaniladi.
Ishlab chiqarishda shovqinni pasaytirishga shovqin manbaining o’zidayoq shovqin sabablarini bartaraf etish va uning tarqalish darajasini kamaytirish yo’li bilan erishish mumkin.
Eng ko'p shovqin chiqaradigan mexanizmlar yoki kuchli shovqin chiqaradigan uzellar po'latdan. alyuminiy qotishmalari. shisha plastikdan tayyorlangan kojuxlar bilan berkitilishi kerak. Kojux va xonalarning tovush izolyatsiyasi sifatida tovush yutuvchi materiallar ishlatiladi. Shunday qilinganda yuqori chastotalar diapazonidagi tovush bosimi darajasi 15... 22 dB ga pasayadi. Tovush yutuvchi materiallar (qoplamalar) jumlasiga akustik plitalar va g'ovak to'ldirgichli teshik-teshik (perforatsiyalangan) konstruktsiyalar kiradi. Akustik plitalarni purkagich yordamida suvli bo'yoqlar bilan yupqa qilib bo'yashga ruxsat etiladi. Keyingi vaqtda shovqinni pasaytirish uchun xonalarga shar, kub, prizma va boshqa ko'rinishdagi donali tovush yutkichlar qoplanmoqda. Ular ishlab chiqarish xonasida shovqin darajasini 5 . . . 6 dB ga pasaytiradi. Shovqinga qarshi kurashning eng oddiy va tejamli vositalaridan biri ekranlardir. Ulardan mexanika sexlarida kompressorlar va boshqa jixozlardan chiqadigan shovqindan himoyalashda foydalaniladi. Ekranlar shisha tolasi qoplangan metalldan. PA/S. «Akmirgan» tipdagi standart akustik plitalar va boshqa materiallardan tayyorlanadi.
Ishlab chiqarishda shovqin va vibratsiyaga qarshi kurashga oid tashkiliy tadbirlar jumlasiga qurilish industriyasi normalarida ratsional mehnat va dam rejimlari yaratishga qaratilgan har xil davolash hamda sanitariya-profilaktika tadbirlari, dastlabki va davriy meditsina ko'riklari o'tkazish kiradi. Chunonchi sanitariya normalari talablariga javob beradigan dastaki mashinalar bilan ishlaganda vibratsiya ostida ishlashning jami vaqti ish smenasining 2/3 qismidan ortiq bo'lmasligi, ya’ni 5 soat 20 minutdan oshmasligi kerak. Bunda ikki marta tanaffus belgilash tavsiya qilinadi: birinchi tanaffus smena boshlangandan 1 ... 2 soat o'tgach (20 min), ikkinchisi esa tushki tanaffusdan 2 soatdan so'ng o'tkaziladi. 5... 10 min tanaffuslar bilan 15... 20 minutdan ishlash lozim.