57
-bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib qo‘ymaslik;
-ta’limda engildan og‘irga borish orqali bilim berish;
-olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;
-o‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishga e’tibor berish;
-bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga
olish;
-o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.
Bu talablar xozirgi davr ta’lim tamoyillariga ham mos kelishi
bilan qimmatli bo‘lib, bolalarni
engil-elpi bilim olish emas, balki har
tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi.
U bola tarbiyasi xaqida fikr bildirar ekan, bola tarbiyasini unga ism
qo‘yishdan boshlashni lozim deb topadi. Bolaga munosib ism tanlash
ota-onaning dastlabki olijanob vazifasi deb biladi. Agar qadimgi yunon
faylasuflari Platon va Aristotellar bola tarbiyasini
davlat ixtiyoriga
qo‘ysalar, ibn Sino bola tarbiyasi bilan avvalo ota-ona shug‘ullanishi
kerak deydi.
Xulosa qilib aytganda,
ibn Sino buyuk olim, faylasuf, adib,
tabib
bo‘lishi bilan birga buyuk murabbiy edi. U ta’lim-tarbiya haqida juda
ko‘p bosh qotiradi. Olimning pedagogika faniga qo‘shgan hissasi
shundaki, u ta’limiy-tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham
axloqiy, ham estetik hamda
jismoniy tomondan rivojlanishi, kamolga
etishining mezonini ishlab chiqadi.
Tarbiya tizimiga jismoniy tarbiyaning kiritilishi esa olimning tarbiya
sohasidagi katta xizmatlaridan hisoblanadi. Yana
uning xizmatlaridan
biri shundaki, u insonning mehnati, qobiliyati, aql-zakovatini ulug‘ladi,
undagi qudratga ishondi. Inson tafakkurining tantana qilishi kerakligini
targ‘ib qildi.
Dostları ilə paylaş: