101
chizig‘idan chiqmaslik, rizo-rozilik hissini yo‘qotmaslik, kasallarni
ko‘rishga borish, nokaslardan uzoqda turish, doimiy zikr bilan band
bo‘lish (xudoning nomini tilga olib turish) kabilardir.
Futuvvatning barcha qoida-nizomlari ustoz yordamida sinovdan
o‘tgan va bel bog‘lash shartlari, shogird tushish shartlari bajarilgach,
jamoaga qabul etilgan. Asarda eng muhimi, tariqat ahlining odobi
haqidagi fasllardir. Unda tariqat ahlining ko‘nglini asrash, ko‘z, quloq,
til, og‘iz, qo‘l va farq (tanosil a’zosi)ni saqlash odobi, tariqat ardobi
va ularning toifalari odobi, taqyadorlar (xonaqo) odobi, o‘tirish odobi,
suhbat odobi, mehmon kutish, yo‘lda yurish, salom berish odobi, kasal
ko‘rishga borish, janoza, ta’ziyaga borish odoblari, kasb-kor, savdo-
tijorat odoblari, ma’rakaga borish odoblari bayon etilib, turmush odobiga
oid har bir xatti-harakatning uslubi ham o‘z ichida bayon etilgan.
So‘ng turli kasb egalarining odobi, faoliyati ta’riflangan. Yuqoridagi
javonmardlar qoida, talablaridan, umuman, tajribalardan hozirgi davrda
qanday foydalanish mumkin, degan fikr tug‘iladi. Ta’lim-tarbiyada
o‘rin-o‘rni bilan bu talablarni singdirib borish, ularning hozirgi davrga
moslaridan tanlab olish juda muhim. Zero, Koshifiyning bu asari o‘z-
o‘zicha paydo bo‘lmagan, albatta. Javonmardlik haqida ko‘p ta’limiy-
axloqiy asarlarda bayon etilgan. Xususan, Kaykovusning “Qobusnoma”
asarining oxirgi 44-bobi ham javonmardlikka bag‘ishlangan.
Xusayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai Sultoniy” asarini tojik
olimi Qurbon Vose’ tojik tiliga va o‘zbek olimi N.Komilov uning 12
bobidan 7 bobini o‘zbekchaga tarjima qildilar.
Dostları ilə paylaş: