137
tizimida bosqichma-bosqich olib borishni nazarda tutadi. Zero, ta’lim
sohasidagi islohotlar ham yangi boskichma-boskich o‘tish
tamoyiliga
asoslangandir. “Kadrlar tayyorlash milliy dastur” ham uzluksiz
ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi
bo‘lib hisoblanadi. Milliy dasturning asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim
tizimini rivojlantirish bo‘lib, u ijodiy va mustakil fikrlovchi, tafakkuri
rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirish
bilan barcha sohalarda
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash bilan ahamiyatlidir.
Shunga ko‘ra, mamlakatimizda mustakillikning dastlabki-yillaridanok
boy madaniyatimizni tiklash va uni rivojlantirish, ta’lim tizimini
takomillashtirish, uni zamon talablariga
jabob bera oladigan jahon
andozalari darajasiga ko‘tarish maqsadiga e’tibor berib borilmoqda.
Lekin hozirgi davrda amalga oshirilgan barcha ishlarga qaramay
ta’lim tizimi hali hayot talabi darajasida natijalarga erishmayotgani,
eski Sho‘ro zamonidan meros bo‘lib qolgan mafkuraviy qarashlardan va
sarqitlardan xalos bo‘la olmagani, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimini
tashkil etish muammolari to‘liq hal etilmagani va nihoyat,
amaldagi
ta’lim tizimi taraqqiy etgan davlatlar darajasida rivojlana olmaganini
ko‘rsatmoqda. Shuningdek, mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularga bilim
va tarbiya berish tizimi mamlakatimizda amalga oshayotgan islohotlar
bilan bog‘lanmagani, maktablarning moddiy bazasi talabga javob bera
olmayotgani, kadrlar, o‘qituvchilar tayyorlash muammosi hali hal
etilmagani ma’lum bo‘ldi. O‘quv dasturlari, qo‘llanma
va darsliklar
ham talabga javob bera olmayotganini hayotning o‘zi ko‘rsatdi.
Shu maqsadda 2020-yil 19 mayda Qonunchilik palatasi tomonidan
yangi tahrirdagi “Ta’ldim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi; ushbu
Qonun 2020-yil 7 avgustda Senat tomonidan ma’qullandi hamda
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomnidan 2020-
yil 23 sentyabr kuni imzolandai (O‘RQ-637).
Dostları ilə paylaş: