psixologik qonuniyatlar mazmunida
biz quyidagilarni ta’kid-
laymiz: natijalarning o‘zaro bog‘liqligi, bo‘lajak o‘qituvchilarning
ma’naviy-estetik tarbiyasining samaradorligi: o‘quvchilarning ma’na-
viy-estetik tarbiyaga bo‘lgan qiziqishi (kasbiy-shaxsiy), ularning
yoshga bog‘liq qobiliyatlari, psixologik-pedagogik tayyorgarligiga;
bo‘lajak o‘qituvchilar-ning kognitiv va intellektual-ijodiy faoliyatiga;
taklif etilayotgan bilim, ko‘nikma hamda muayyan moyilliklarning
namoyon bo‘lish qobiliyatiga bog‘liqdir;
ijtimoiy qonuniyatlar mazmunida
biz quyidagilarni ko‘rsatamiz -
bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik rivojlanishi va samaradorligi
quyidagilarga bog‘liq: kursdoshlar bilan muloqotiga; ma’naviy-estetik
maz munning bilim matnlarining hajmi va intensivligiga; o‘quv muhi-
tining “aql-zakovat” darajasiga; raqobatdosh va ma’lumotli muhitga;
201
talabalarning obro‘si hamda pedagogik fanlar o‘qituvchilari bilan
muloqotning sifatiga;
tashkiliy tuzilish qonuniyatlari mazmunida
biz quyidagilarni ajra-
tib ko‘rsatamiz - bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyasi:
yaxshi tashkil etilishi; o‘quvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyaga
mas’uliyatli va faol munosabatda bo‘lishga yo‘naltirilishi; talabalarning
aqliy (intellektual-ijodiy, badiiy-ta’liliy, qadriyatlarga yo‘naltirilgan)
faoliyatini tartibga solinishi; pedagogik jamoasi mehnatining tashkil
etish darajasi bog‘liq.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash omillari –
“produktogen sabablar”i [122, 336]. “Pedagogik omil - bu boshqa
hodisaning harakatlantiruvchi kuchiga aylangan har qanday pedagogik
hodisa” [122, 464]. Zamonaviy pedagogikada didaktik jarayonning
quyidagi samarali omillari ajralib turadi: bosh, kompleks, umumiy,
murakkab, o‘ziga xos, o‘zgaruvchan omillar [122, 337].
Masalan, to‘rtta bosh (umumiy) omillar: bu o‘quv materiali, tash-
kiliy va pedagogik ta’sir, talabalarning o‘qishi, vaqt. Ularning har birida
ko‘p miqdordagi produktogen sabablar mavjud. Shu sababli, bo‘lajak
o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyasida, birinchi navbatda, zaruriy
ta’lim sharoitlari, vositalari, samarali texnologiyalar, usullardan, ilg‘or
tashkiliy shakllardan foydalanish ta’minlanadi. “Ta’lim omillarining
didaktik jarayon samaradorligiga ta’siri” I.P. Podlasыy [122, 451]
jadvalidan (1991) bizning iyerarxiyamizda (empirik tadqiqotlarimizda)
eng samarali bo‘lganlarini ta’kidlaymiz: motivatsiya – ma’naviy-estetik
tarbiyasini belgilash, unga munosabat; psixologik shart-sharoitlar; o‘quv
mashg‘ulotining turi va tuzilishi, axborot-kognitiv hajmi; ma’naviy-estetik
tarbiyani boshqarish, uni rag‘batlantirish; o‘quv vazifalarini muntazam
ravishda bajarish; bilimlarni amalda qo‘llash; o‘quv materiallarining
soni, tarkibi va murakkabligi; o‘quv faoliyatining usullari, vositalari,
turi va xarakteri; bilimlarni taqdim etish shakli; milliy va umumestetik
qadriyatlar vaqti va idrok algoritmlari; bilimlarni mustahkamlash vaqti;
bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilish va tekshirish; o‘zini o‘zi o‘qitish-
tarbiyalash; pedagogik munosabatlarning pedagogik pozitsiyasi va
uslubi.
Pedagogik jarayon (uning vazifalari, xususiyatlari, mohiyati, maz-
muni) – pedagogik fanlarni o‘rganishda milliy-badiiy meros asosida
bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash tizimi sifatida.
202
Pedagogik jarayonning funksiyalari, xususiyatlari va mohiyati
(bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’nviy-estetik tarbiyasi).
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash jarayonining
vazifalari:
Dostları ilə paylaş: |