Shuningdek, mazkur qonunga yangi 5



Yüklə 19,13 Kb.
tarix23.05.2022
ölçüsü19,13 Kb.
#59059
Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari


Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Boisi, davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Lekin dunyoda bironta ramz yoki timsol davlatni, millatni jahonga Davlat bayrogʻidek tanita olmaydi.
Binobarin, milliy davlatchiligimiz tarixining barcha davrlarida davlat ramzlari, xususan, bayroq Vatan timsoli sifatida muqaddas sanalgan. Buyuk bobomiz Amir Temur ham davlat ramzlariga jiddiy eʼtibor qaratganini jang maydonida bir lashkar omon qolsa ham, Vatani bayrogʻini baland tutishiga farmon berganidan bilsa boʻladi. U kishi gʻoliblik bayrogʻini yuksak koʻtardi. Bu bayroq ostida buyuk el birlashdi, u barpo etgan ulugʻ saltanatni dunyo tan oldi.
Sohibqiron bobomiz zamonida bayroqni past tutish yoki sarbozning qoʻlidan tushib ketishi xosiyatsiz sanalgan. Bunga sohibqiron alohida eʼtibor bergan. Bayroqning pasaytirilishi magʻlubiyat va ortga chekinish ishorasi boʻlgan.
Bugun ham vatan bayrogʻi deganda, koʻz oldimizda butun bir mamlakatning timsoli, jahonning siyosiy-ijtimoiy xaritasidagi qiyofasi gavdalanadi. “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 2-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir”, deb belgilab qoʻyilgan.
Shuningdek, mazkur qonunga yangi 51 va 52-moddalar ham kiritilib, davlat bayrogʻi tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish tartibi mustahkamlandi. Xususan, 51-moddaga koʻra, Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari davlat reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqam belgilariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qoʻyiladi. Qonunchilikdagi bunday oʻzgarishlar shubhasiz, davlatimiz ramzlari elementlaridan xususiy manfaat yoʻlida foydalanishning oldini olishga xizmat qiladi.
Bayroq – bizni ulugʻ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mashʼaladir. U oʻzida butun Oʻzbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, gʻayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondoʻstlikni mujassam etgan. Qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgan. Bugungi kunda ham dunyo mamlakatlaridagi koʻplab elchixonalarimiz binolari, qator xalqaro tashkilotlar qarorgohlarida bayrogʻimiz Oʻzbekiston ramzi boʻlib turibdi.
Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yurtimiz bayrogʻini baland koʻtarayotgan sportchilarimizning yutuqlari esa albatta, qalbimizni vatanparvarlik tuygʻusiga toʻldiradi. Oʻzbekistonimiz bayrogʻi bilan gʻurur va iftixorga toʻla manzaralar bizni fidoyilikka, vatanparvarlikka, yangi marralarga chorlaydi.
Magʻrur hilpirayotgan bayrogʻimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka, biz erishayotgan bemisl yutuqlar va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga tuganmas iftixor bagʻishlaydi. Farzandlarda bayroqqa — Vatanga mehr-muhabbat tuygʻulari shakllanadi. Eng muhimi, bola ota-ona bilan bayroqqa birdek mehr qoʻyib voyaga yetadi, ota-onasiga qanday sadoqatli boʻlsa, bayroqqa, Vatanga ham shunday sadoqatli boʻladi.
Bugun davlatimiz bayrogʻining qabul qilinganligiga 29 yil toʻldi. 1991-yilning 18-noyabri esa “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingan sana sifatida tariximizga muhrlandi. Zotan, bayroq bu – erkinlik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsolidir. U bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor.

REFERAT

Mavzu: Tenglik va hurlik ramzi


Bajardi: Ergashboyeva Umida
Tekshirdi: Karixo’jayeva Dilfuza
Yüklə 19,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin