1.6. OLIY TA’LIM HAQIDA NIZOM
Oliy ta’limning me’yoriy hujjatlari tarkibiga Davlat ta’lim standarti, malakali xarakteristika, namunaviy va ishchi o‘quv rejalari, shuningdek fanlarning namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari kiradi.
Davlat ta’lim standarti Ta’lim tizimining faoliyati muayyan me’yoriy hujjatlar asosida boshqarib boriladi, ta’lim standarti bugungi kunda shulardan biri bo‘lib qolmoqda. Standart tushunchasi me’yoriy, namuna, o‘chov ma’nolarini anglatadi. Standartlar, odatda, muayyan xususiyat va sifatga ega, jamiyat extiyojini qondira oladigan maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi kishilar va tashkilotlar munosabatlari va faoliyatini boshqarish usulini tayin etadi. Ta’limni standartlashtirishning maqsad va vazifalari. Davlat ta’lim standarti quyidagi maqsadlarni amalga oshirishni ko‘zda tutishi lozim:
- ta’lim berishning sifati masalalarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish va kadrlar tayyorlash, ta’limiy xizmatlarni tavsiya etish, mehnat bozorini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;
- shaxs, davlat va jamiyat extiyojlariga mos kadrlar tayyorlash va ta’lim berish sifatini oshirish, xalqaro tajribalar asosida fan va texnikani rivojlantirish;
- kadrlar tayyorlash va ta’lim jarayonida muvofiqlik va uzluksizlikni ta’minlash;
- ta’limning barcha shakl va bug‘inlarida o‘quv tarbiya jarayonini mukammallashtirshga ko‘mak berish;
- ta’limiy xizmat ko‘rsatishda raqobat bo‘lishini ta’minlash;
Ta’limni standartlashning vazifalari: Ta’lim berish va kadrlar tayyorlash, tavsiya etiluvchi ta’limiy xizmat ro‘yxati va sifatiga yuqori talablar belgilash. Davlat va shaxs extiyoji uchun zarur bo‘lgan ta’lim berish va uning oqibat natijasining muayyan talablarini o‘rnatuvchi me’yoriy hujjatlar tizimini ishlab chiqish, shuningdek, mazkur hujjatdan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish. Milliy standart talablarining xalqaro mezonlar bilan uyg‘unligini ta’minlash. Ta’lim to‘g‘risidagi milliy hujjatlarning shu turdagi hujjatlarga mos keluvini ta’minlash. Uzluksiz ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari va tarkibiy unsurlararo bog‘liqlik va muvofiqlik bo‘lishiga erishish. Ta’lim berish va kadrlar tayyorlashda yuqori natijalarga erishuvda moddiy boyliklar, vaqt va boshqa sarf-xarajatlarni kamaytirish. O‘quv-tarbiya jarayoni va umuman, ta’lim uchun me’yor, qoida, ko‘rsatma va talablar belgilash. Standartlash bo‘yicha xalqaro tajribalarni bevosita qo‘llash amaliyotini kengaytirish, agar ulardagi talablar O‘zbekiston Respublikasining ta’limi, fani, madaniyati, texnika va texnologiyasi uchun mos tushsa, chet el davlatlari milliy standartlari yo‘rig‘idan foydalanish. Pedagogik texnologiyalar (o‘quv-o‘qituv va tarbiya metodikasi, o‘qitishning texnik vositalari va b.) ga muayyan talablar belgilash. Ta’lim darajasini, ta’lim olayotganlar va bitiruvchilar malakasini baxolash va nazorat qilishning me’yoriy-texnik va metodik ta’minotini yuzaga keltirish. Standartlash (uni ishlab chiqish va foydalanish) jamiyat extiyojlaridagi tarixiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda turmush amaliyotini tartibga solishdan ob’ektiv zaruriyatdir. Ta’lim standarti tushunchasi ostida mavjud shaxs va ta’lim tizimining kelajak ijtimoiy maqsadi, shakllanish talabining davlat me’yorlari va malaka darajasi sifatidagi asosiy qirralar tushuniladi. Ta’limni standartlash turli mamlakatlarda turlicha amalga oshirilgan. Lekin ta’limga nisbatan «standart» atamasidan foydalanish yaqinda yuz berdi. Bizning mamlakatimizda ta’limni standartlashga asosan 1993 yildan kirishildi, (1992 yildagi «Ta’lim to‘g‘risida» Qonun, 7-modda, Vazirlar Mahkamasining 1993 yildagi 406-Qarori) va quyidagilar ishlab chiqilib joriy etildi: Davlat ta’lim standartini yuritish qoidalari: Davlat ta’lim standartining manbai, vazifalari va tarkibi aniqlandi; ta’limning ma’lum bug‘inlari bitiruvchilari uchun talablar va x.k. Ammo umumiy ta’lim tizimida bo‘lgani kabi Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etishda nazariy-metodik, ayniqsa, tashkiliy soxada bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi. Lekin shunga qaramay bu ishlar shubxasiz foydali va kerak bo‘lib chiqdi. U, moxiyatan, ta’limni standartlash, Davlat ta’lim standartini ishlab va uni hozirgi bosqichda amaliyotga tadbiq etishning zaminini yuzaga keltirdi. Ta’lim tizimini tuzilishi jihatdan isloh qilish, ta’lim mazmunini tubdan qayta ko‘rishning hozirgi sharoitida Davlat ta’lim standartiga munosabat, uni ishlab chiqish va joriy etishga yangicha yondashuvni talab etadi. Standartni ishlab chiqish «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunning 7-moddasi va muayyan bandlarida, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da ta’limning mazmuni haqida bayon etilgan umumiy talablarga ko‘ra amalga oshiriladi. Ta’lim standarti Qonunning ma’lum qismini joriy etishni ta’minlovchi asosiy me’yoriy hujjatdir. U ta’limning mazmuni, ichki tuzilishi, namoyon bo‘lish darajasiga talabni oshiradi va aniqlashtiradi, ta’lim natijalarini va umumlashtirish metod va shakllarini ko’rsatib beradi, boshqa
turdagi me’yoriy hujjatlar (o‘quv rejalari, o‘quv yurtlarini akkreditasiya qilish, kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish Nizomlari va b.lar) ning yuzaga keltirilishiga asos bo‘ladi. Standart vositasida ta’limning talab etilgan darajasini bir me’yorda saqlash, uni jamiyat taraqqiyoti istiqboliga ko‘ra takomillashtirish amalga oshiriladi. Shu bilan birga, Davlat standartini joriy etish o‘quv jarayonini bir qolipda ushlab turish degan gap emas, balki, aksincha, u pedagogik ijodkorlik, mazmunda ma’lum o‘zakni saqlagan holda dastur turlarini tuzish, o‘qitishning turli-tuman texnologiyasini ishlab chiqishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Ta’lim tizimining muxim ko‘rsatkichi standartdagi xalqchillikdir, chunki u, eng avvalo, davlat idoralari tomonidan, markazlashgan ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil aniqlashtiriladigan ta’lim berish mohiyatiga mos keladi. Shunday qilib, Davlat ta’lim standartlari ta’lim oluvchilar va bitiruvchilar tayyorgarligining quyi va yuqori darajadagi chegarasini; maksimal o‘quv yuklamasi hajmini; ta’lim mazmuniga va uning yuzaga chiqishiga bo‘lgan talablarni; ta’lim muassasalarining faoliyatini baxolash usullari, mexanizmi va tayyorlash sifatiga bo‘lgan standart talablarni bajarmayotgan shaxslar va muassasalarga nisbatan ko‘riladigan chora va boshqalarni aniqlab beradi. Yo‘nalishning kvalifikasion xarakteristikasi Kvalifikasion tavsifnoma davlat me’yori hjjati bo‘lib, kollejlar chiqaradigan kichik mutaxassislarning kasb malakasi va ularga ishlaydigan kvalifikasion talablar bayon etilgan. Kvalifikasion tavsifnoma mutaxassislar tayyorlash va ularga talablarni oldidan rejalashtirishda, kollejlarda o‘quv - tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, bitiruvchilarni taqsimlash, joylashtirish, kasb bo‘yicha foydalanish darajasini va attestasiyalash natijalarini taxlil qilishda ishlaniladi. Shunga ko‘ra kvalifikasion tavsifnoma quyidagi bilimlardan iborat: Mutaxassislarning kasb vazifasi va ulardan foydalanish shart-sharoitlari; Mutaxassislarga kvalifikasion talablar (mutaxassisning faoliyatini ijtimoiy yo‘nalishi; ob’ekt va mutaxassisning faoliyatini maqsadi; asosiy faoliyatning turlarini to‘plami; ma’lum soxa uchun amaliyotning asosiy muammolari); Kollej bitiruvchilarini yakuniy tayyorlov sifatini attestasiyasi;
Yakuniy tayyorlov sifati va kollej bitiruvchilarini ishlatishdagi javobgarlik.
Namunaviy va ishchi o‘quv rejalari, fan dasturlari; Namunaviy va ishchi o‘quv rejalar kasbiy ta’limning har qaysi yo‘nalishi uchun Davlat ta’lim standarti va mutaxassisning kvalifikasion tavsifnomasiga ko‘ra tayanch ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladi. O‘quv rejasi quyidagi bo‘limlardan iborat:
1. O‘quv jarayonining jadvali - bunda ko‘rsalar va semestrlar bo‘yicha haftalik hajmlarda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ishlab chiqarish amaliyoti davlat attestasiyasi va ta’tillar keltiriladi.
2. O‘quv jarayonining rejasi - bunda quyidagi bloklarga bo‘lingan fanlar ko‘rsatiladi: 1) umumta’lim fanlari; 2) maxsus fanlar, shuningdek ishlab chiqarish ta’limi, ishlab chiqarish amaliyoti davlat attestasiyasi, kurs va semestrlardagi mustaqil ishlar.
Fanlarning namunaviy dasturlari tayanch o‘quv yurtlari tomonidan kasbiy ta’limning Davlat standarti va namunaviy o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. Fanning namunaviy dasturi asosan quyidagi bo‘limlardan tuzilgan:
1. So‘z boshi
1.1. O‘quv fanining maqsad va vazifalari
1.2. Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga va ko‘nikmasiga qo‘yıladıgan talablar
1.3. O‘quv rejasiga boshqa fanlar bilan aloqasi
1.4. Fanni o‘qitishdagi yangi texnologiyalar
1.5. Fanni o‘qitish semestrlari va uslubiy ko‘rsatmalar
1.6. Umumiy va o‘quv ishlari turlari bo‘yicha xajm
2. O‘quv materiallarining mazmuni
2.1. Fanning mazmuni
2.2. Tavsiya etiluvchi amaliy mashg‘ulotlar
2.3. Laboratoriya mashg‘ulotlarining mavzusi
2.4. Kurs ishlari loyixalarining mavzusi va mazmuni
2.5. Mustaqil ta’lim mazmuni
2.6. Mustaqil ish mazmuni
3. Axborot - uslubiy ta’minot
3.1. Asosiy adabiyotlar
3.2. Qo ‘shimcha adabiyotlar
3.3. Informasion texnik vositalar
Dostları ilə paylaş: |