Me + 2H3PO4 = Me (H2PO4)2 + H2 Buning natijasida metallning bitta fosfatga almashingan birikmasi xosil buladi.
Fe + 2 H2PO4 = Fe (H2PO4)2 +H2
Fosfatli qoplamalarning sifati kislotaning umumiy va erkin xoldagi kislotaligi,manofosfatlar konsentratsiyalari va kationlarning tabiatiga bogliq.
Fosfatlash jarayonini tezlashtirish uchun eritmaga oksidlovchilar NO2, NO3-,ClO3- va boshka anionlar qushiladi.
Fosfatli plyonka xosil bulish jarayoni bilan bir vaqtda asosiy metallning erishi xam sodir buladi.Bu esa katta xajmda g‘ovaklilarning paydo bulishiga sabab buladi.O‘z tarkibi buyicha fosfatli plyonka ikki xil qatlamdan tashkil topgan.Ulardan biri tarkibida kup mikdorda temir fosfat bulgan, metallga bevosita tegib turuvchi qatlam va ikki lamchi temir fosfat bilan aralashgan marganets monofosfatdan iborat tashqi qavatdan tashkil topgan.Metallga tegib turuvchi qatlam u bilan zich boglangan bulib, silliq, elastik, juda g‘ovak, qalinligi juda yupqa buladi.Tashqi qavat esa kristall,g‘ovak ikkilamchi va u chlamchi fosfatlardan tashkil topadi.Bu qatlam fosfatli qoplamalarga qimmatli xususyatlarni beradi.Fosfatli qoplamaning qalinligi, tuzlishi, g‘ovakligi, rangi ishlov berilayotgan metall tarkibiga bog‘lik bulib, fosfatlash usuli va rejimiga va sirtni tayyorlash usuliga bogliq.Qatlam rangi rangsiz kulrangdan qoramtir kulranggacha o‘zgarishi mumkin.Rangsiz kulrang kam uglerodli pulatlarda vsa rangli metallarda xosil buladi.Qum purkash yuli bilan xosil qilingan sirtlarda, kislotaliligi yuqori bulgan eritmalarda xam och kulrang qoplama xosil buladi.Tarkibida ortofosfat kislotasi kup bulgan kislota eritmalari,kislotaliligi yuqori bulgan eritmalarda, yuqori ligerlangan pulat va chuyanlarda nisbatan tim qora rangli plyonka xosil buladi.Tarkibida xrom va nikel tutuvchi pulatlarda plyonka yashil rangli plyonka bilan qoplanadi.
Plyonka tarkibiga fosfatlovchi eritma tarkibi katta ta’sir kursatadi: