10.2. Sianidtli elektrolitlarning qo’llanilishi Sianidli elektrolitlardan foydalanish birmuncha mayda, donador qoplama olish imkonini beradi va buning natijasida hosil bo‘lgan qoplamalar kislotali elektroitlarnikidan birmuncha tiniq va qattiq hisoblanadi. Sianidli elektrolitlar yuqori tarqatish qobiliyatini namoyon qiladi va shuning uchun murakkab shakldagi detallarni qoplashda foydalanilishi mumkin. Ko‘pgina tadqiqotchilar latunlash uchun sianidli elektrolitlardan ularning zaharli ekanligi tufayli voz kechishga harakat qilishdi. Murakkab shakldagi detallarni rux bilan qoplashda sianidli elektrolitlardan foydalanish yaxshi natijalar beradi. sianidli elektrolitlarning yoyilish qobiliyati yaxshi bo‘lib, vannalarda hosil qilingan qoplamalar birmuncha mayda va zich strukturaga ega bo‘ladi. Ruxlash vannalarida hosil qilingan cho‘kmalar kislotali va sinkatli vannalardagiga nisbatan qalinligi bir xil bo‘lsada yuqori korroziyaga bardoshlikni namoyon qiladi. Galvanotexnikada sianidli elektrolitlarning ahamiyati ayniqsa kattadir. Turli xil holatlarda sianidli eletrolitlardan foydalanish yuqori sifatli galvanik qoplamalar olishni imkonini beradi. Bunda 0,0002 dan 0,01 mm gacha bo‘lishi mumkin. Etarli darajadagi qalinlikka ega bo‘lgan Latunli qoplamani olish uchun sianidli elektrolitlar 15-20 daqiqa davomida, sianidsiz elektrolitlarda esa elektroliz 5 daqiqa davomida olib boriladi. Dekorativ va himoya dekorativ xromli qoplamalarda mislash jarayoni sianidli va kislotali vannalarda nikellash va yaltiroq xromlash jarayonlari esa boshqa vannalarda olib boriladi. Ruxlash uchun foydalaniladigan elektrolitlar kislotali va sianidli turlarga bo‘linadi. Kislotali elektrolitlarning afzalligi tok bo‘yicha chiqishning yuqoriligi, elektrolit tarkibining soddaligi va ularda yuqori tok zichligidan foydalanib, elektrolitni shiddatli aralashtirish va yuqori konsentratsiyalar hisobiga sodir bo‘ladi. Sianidli elektrolitlarning tarkibi beqaror tok zichligini oshirishb borishning chegaralanganligi va zaharli ekanligi ulardan foydalanish sohalarini birmuncha chegaralab qo‘yadi.