Fosfatli plyonka qalinligi va kristlal strukturasi bir-biri bilan chambarchas bogliq.Yirik kristall xolidagi plyonka xosil bulishida fosfatli plyonkaning qalinligi mayda kristall xolidagi plyonkalarnikidan bir muncha katta buladi.
Qalinligi t, min
Mayda kristall plyonkalar ........ 1-4 30 gacha
Yirik kristall plyonkalar ........ 10-12 60-90 gacha
Mayda kristall xoldagi plyonkalar yirik kristall xoldagi plyonkalarga nisbatan yaxshi ximoyalash qobiliyatiga ega bulib, sanoatda undan kuproq foydalaniladi.Mayda kristall qoplamalar kupincha rux fosfatli eritmalardan olinib, ularning tarkibida oksidlovchilar buladi.Bu qoplamalar lak-buyoqli qoplama tagida qushimcha qatlam xosil qiladi.Marganets fosfatli eritmalardan yirik kristall strukturali qoplama xosil qilinib,ular moylangandan keyin mustaqil ximoya qatlami sifatida ishlatilishi mumkin.
Dastlabki ishlov berish usuliga bogliq ravishda qoplamalarning tuzilishi,strukturasi, adgedziyalash qobiliyati va fosfatli qoplamalarning rangi xam uzgaradi.Qum purkash yuli bilan ishlov berilgandan keyin kimyoviy va organik erituvchilarda yogsizlntirilgach,yukori ximoyalash kobiliyatiga ega bulgan mayda kristall xolidagi mayda plyonkalar xosil buladi.Agar detallar fosfatlashdan oldin sulfat,xlorid yoki fosfat kislotada ishlov berilgan bulsa, qalinligi 40-50 mkm li yirik kristall plyonka xosil qiladi va ularning ximoyalash qobiliyati bir muncha past buladi.Bunday qatlamlarning sifatini yaxshilash uchun ishlov berilgandan keyin 5-8 % li kalsinatsiyalan soda va 1-2 % li xujalik sovuni bilan 50-60 0S da yuvish tavsiya etiladi.