O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT KIMYO – TEXNOLOGIYALARI INSITUTI “MENEJMENT VA KASB TA’LIMI” FAKULTETI “SIFAT MENEJMENTI VA MAHSULOTLAR XAVFSIZLIGI” KAFEDRASI
TANISHUV AMALIYOT HISOBOTI Bajardi-Yoldoshev Javlon Tekshirdi-Axunjonov K
Toshkent 2022
MUNDARIJA 1. Kirish
2. Soha tarixi
3. Institutning vazifa va funksiyalari
4. Institutning faoliyat turlari (qonun va me’yoriy-huquqiy asoslar)
5. Milliy sertifikatlashtirish tizimi
6. Sifat tizimi
7. Xulosa
8. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Standartlar instituti ustavi . O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4059-sonli qaroriga muvofiq mavjud Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti va "Axborot-ma’lumot markazi" davlat korxonasi negizida «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasi(Standartlar instituti) tashkil etildi.
Ushbu qaroriga asosan «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasi standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan, shartnoma asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqa tashkilotlarning arizalari bo‘yicha ishlab chiqish va realizatsiya qilish, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy tashkilot etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi «Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-6240 -son Farmoniga asosan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi) tashkil etildi.
O‘zbekistontexnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O‘zbekistontexnik jihatdan tartibga solish agentligi «O‘zstandart» agentligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
“O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi nizom” "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 114-son Qarori bilan tasdiqlangan