Sifat so‘z turkumini o‘rganish metodikasi



Yüklə 369,5 Kb.
səhifə1/13
tarix15.09.2023
ölçüsü369,5 Kb.
#143757
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3 sinf o’qish darslarida ,,Yashil sayyora’’mavzusi orqali sifat-01

3-sinf o’qish darslarida ,,Yashil sayyora’’mavzusi orqali sifat so‘z turkumini o‘rganish metodikasi.


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………..2
I BOB. 3-sinf o’qish darslarida so‘z turkumlarini o‘rgatish metodikasi orqali o‘quvchilar nutqini o‘stirish.
1.1.So‘zning ahamiyati va so‘z turkumlari………………………………………..6 1.2.,,Yashil sayyora’’ mavzusi orqali sifat so‘z turkumini o’rganish ………………………………………………………………………… 9 II bob. Sifat sòz turkumi bilan nutqni rivojlantirish.

    1. O‘quvchilar nutqini rivojlantirish jarayonlari………………………………27

    2. Sifat bilan birgalikda nutqni rivojlantiruvchi mashģulotlar…………………30

XULOSA……………………………………………………………………….. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………




Kirish.
Mavzuning dolzarbligi va zarurati. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ona tilimiz – o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va kamol toptirish haqida doimo qayg‘urib keladi. Uning quyidagi fikrlari buning yorqin isbotidir: “Biz avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank – moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanilishi darajasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasizdir”1 .
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. O‘zbek tilshunosligida nazariy tadqiqotlar bilan bir qatorda, tilimizning kommunikativ sifatini, imkoniyatlarini o‘rganish ishiga ham katta e’tibor berib kelinmoqda. Mana shunday ham nazariy, ham amaliy muammolardan biri – nutq madaniyati masalalarini tadqiq etishdir. Nutq madaniyati keyingi yillarda tilshunoslikning mustaqil ilmiy yo‘nalishi sifatida shakllandi va rivoj topmoqda. Shu bilan birga, bu sohaning ko‘pgina muammolari hali o‘zining asosli va chuqur tadqiqini topganicha yo‘q. Mana shulardan biri o‘zbek nutqi madaniyati va odobining tarixiy ildizlarini aniqlash, tadqiq qilish va ilmiy umumlashtirishdir. Yuqorida qayd qilinganlar ushbu kurs ishi mavzusining ham nazariy, ham amaliy jihatdan dolzarbligini tasdiqlay oladi.

Yüklə 369,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin