3-sinf o’qish darslarida ,,Yashil sayyora’’mavzusi orqali sifat so‘z turkumini o‘rganish metodikasi.
MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………..2 IBOB.3-sinfo’qishdarslaridaso‘zturkumlarinio‘rgatishmetodikasiorqalio‘quvchilarnutqinio‘stirish. 1.1.So‘zning ahamiyati va so‘z turkumlari………………………………………..6 1.2.,,Yashil sayyora’’ mavzusi orqali sifat so‘z turkumini o’rganish …………………………………………………………………………9IIbob.Sifatsòzturkumibilan nutqnirivojlantirish. O‘quvchilar nutqini rivojlantirish jarayonlari………………………………27
Sifat bilan birgalikda nutqni rivojlantiruvchi mashģulotlar…………………30
Kirish. Mavzuningdolzarbligivazarurati. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ona tilimiz – o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va kamol toptirish haqida doimo qayg‘urib keladi. Uning quyidagi fikrlari buning yorqin isbotidir: “Biz avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank – moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanilishi darajasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasizdir”1.
Tadqiqotningrespublikafanvatexnologiyalaririvojlanishiningustuvoryo‘nalishlarigamosligi. O‘zbek tilshunosligida nazariy tadqiqotlar bilan bir qatorda, tilimizning kommunikativ sifatini, imkoniyatlarini o‘rganish ishiga ham katta e’tibor berib kelinmoqda. Mana shunday ham nazariy, ham amaliy muammolardan biri – nutq madaniyati masalalarini tadqiq etishdir. Nutq madaniyati keyingi yillarda tilshunoslikning mustaqil ilmiy yo‘nalishi sifatida shakllandi va rivoj topmoqda. Shu bilan birga, bu sohaning ko‘pgina muammolari hali o‘zining asosli va chuqur tadqiqini topganicha yo‘q. Mana shulardan biri o‘zbek nutqi madaniyati va odobining tarixiy ildizlarini aniqlash, tadqiq qilish va ilmiy umumlashtirishdir. Yuqorida qayd qilinganlar ushbu kurs ishi mavzusining ham nazariy, ham amaliy jihatdan dolzarbligini tasdiqlay oladi.