Sifat so‘z turkumini o‘rganish metodikasi



Yüklə 369,5 Kb.
səhifə4/13
tarix15.09.2023
ölçüsü369,5 Kb.
#143757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3 sinf o’qish darslarida ,,Yashil sayyora’’mavzusi orqali sifat-01

Kurs ishi tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish 2 asosiy bob,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat. Ishning xajmi 36 sahifani tashkil etadi.

I BOB. Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rgatish metodikasi orqali o‘quvchilar nutqini o‘stirish.


    1. So‘zning ahamiyati va so‘z turkumlari.

So‘zlar lug‘aviy ma'nolari morfologik belgilari va gapda bajaradigan sintaktik vazifalariga ko‘ra o‘zaro farqlanuvchi turli guruhlarai tashkil etadi.So‘zlarning lug‘aviy va grammatik jihatdan farqlanishiga ko‘ra bunday guruhlarga bo‘linishi so‘z turkumlari deyiladi. Shunga ko‘ra. so‘zlarni turkumlarga ajratishda quyidagi uch muhim belgi asos bo‘ladi.

  1. So‘zlar ifodalaydigan lug‘aviy ma'no turkumlarga ajratishdagi muhim belgidir. Masalan, uy, yer , daraxt, kitob, tosh so‘zlari borliqdagi predmetlarni anglatadi. Ularning nomi ekanligi bilan xarakterlanadi. Bir qator so‘zlar shu predmetlarning biror belgisrni: rangini, shakl-ko‘rinishini, mazasini, hajm- o‘lchamini ifodalaydi: oq,ko‘k, katta. yumaloq, keng, uzun kabi. Shuningdek, bir qator so‘zlar predmetning ish- harakatini anglatsa: bordi, yozdi, o‘qidi, so‘zlar ish- harakat yoki belgining belgisini bildiradi: darrov, sekin, oz, ko‘p va boshqalar. So‘z ma'nolaridagi mavjud bu xususiyatlar ulami turkumlarga ajratishdagi asosiy belgidir. Turkumlarga ajratishdagi ikkinchi va uchinchi xususiyat so‘zning shu ma'no tomoniga bog‘liq ravishda yuzaga keladi.So‘z turkumlarini ajratishda morfologik belgi ham muhimdir. Bu xususiyat muayyan so‘z turkumlarida maxsus qo‘shimchalar tizimi mavjudligini, ularni asosan shu turkumga xoslanganini ko‘rsatadi. Masalan, ot turkumi ko‘plik, kelishik. egalik, shakllariga ega bo‘lganidek, boshqa turkumlardan farqli ravishda ularda kichraytish -erkalash shakllari ham bor. Shunga ko‘ra otlar ko‘plikda keladi predmetning kimga, nimaga qarashliligini bildiradi, turlanadi. Shuningdek, maxsus ot yasovchi qo‘shimchalarning mavjudligi, ot turkumi morfologik jihatdan to‘la shakllangan

turkum ekanligini ko‘rsatadi.
Fe'l turkumida morfologik ko‘rsatkichlar boshqacha—zamon, may, nisbat, shaxs-son kabi shakllar fe'lning o‘ziga xosligini ta'minlaydi. Fe'llartuslanadi, shaxs va sonni ifodalaydi. Maxsus fe'I yasovchi qo‘shimchalarning mavjudligi bu turkumdagi so‘zlarning ham turkumlanishi uchun to‘la shakllanganligini ko‘rsatsa
fe'lning xoslangan shakllarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar mavjudligi fe'lning sintaktik vazifasini yana ham kengaytiradi.
So‘z turkumlariga ajratishdagi belgilardan bin so‘zning gapdagi sintaktik vazifasi bilan bog‘liq. Masalan, bosh kelishikdagi ot ega vazifasini bajarsa, qaratqich kelishigidagi ot—aniqlovchi, boshqa kelishikdagi otlar to‘ldiruvchi va hoi vazifalarida keladi. Sintaktik jihatdan biror gap bo‘lagi vazifasida kelish muayyan so‘z turkumi uchun qotib qolgan holat emas.
Chunonchi, sifat gapda aniqlovchi vazifasida keladi. Bu sifaming boshqa sintaktik vazifa bajarmasligini ko‘rsatmaydi. Binobarin, sifatlar ham gapda to‘ldiruvchi: kattani katta deydilar (Maqol), otlashganda ega: yaxshi yeydi oshini, yomon yeydi boshini(Maqol) vazifalarida qo‘llaniladi.
Ko‘rinadiki, so‘z turkumlarining sintaktik vazifalari shu turkumdagi so‘zlarning lug‘aviy ma'nosiga mos holda bo‘ladi. Xullas, so‘z turkumlarini ajratishda shu uch belgigatayaniladi. Biroq bu belgilar barcha so‘zlarda bir xil emas. Masalan, ot, fe'I turkumlari uchun bar uchala belgi yetakchi bo‘lsa, olmosh va son uchun bu belgilar o‘ta past darajada yoki sifat ravishda sintaktik belgi kuchli bo‘lganidek, morfologik belgi u darajada emas.
O‘zbek tilida so‘z turkumlari 12 ta bo‘lib ular quyidagi guruhlarga bo‘hnadi:

  1. Mustaqil so‘zlar.

  2. Yordamchi so‘zlar.

  3. Modal so‘zlar.

  4. Undov so‘zlar.

  5. Taqlidiy so‘zlar.

So‘z turkumlarining barchasi grammatik shaklga ega. biroq lug‘aviy, grammatik ma'nosi va vazifasiga ko‘ra turlichadir. 1. So‘z turkumlari ma'no ifodalashiga ko‘ra quyidagicha:

  1. nomlovchi so‘zlar: ot, sifat. son, fe'l, ravish.

  2. ifodalovchi so‘zlar: undov, modal so‘z, yuklama, taqlidiyso‘z.

  3. ko‘rsatuvchi so‘zlar: olmosh, bog‘lovchi, ko‘makchi.

  4. 2. Morfologik jihatidan o‘zgarishiga ko‘ra quyidagicha:

  1. morfologik jihatdan o‘zgaradigan so‘zlar : ot, sifat,son,olmosh,fe'l.

  2. morfologik jihatdan o‘zgarmaydigan so‘zlar: ravish,bog‘Iovchi, ko‘makchi, yuklama.

3. Gapda sintaktik vazifa bajarishiga ko‘ra quyidagicha:

  1. sintaktik vazifa bajaradigan so‘zlar: ot, sifat, son,olmosh,fe'l, ravish, taqlidiy so‘z.

  2. sintaktik vazifa bajarmaydigan so‘zlar: ko‘makchi,bog‘Iovchi, yuklama, undov so‘z. Modal so‘zlar garchand gapbo‘lagi bo‘lmasada, gapda kirish, so‘z vazifasini bajaradi.



Lug‘aviy va grammatik ma'noga ega bo‘lib, gapda biror gap bo‘lagi vazifasini bajaradigan so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘ zlarda yuqorida sanab o‘tilgan bar uch xususiyat u yoki bu darajada mavjud. Masalan, ot va fe'llarda barcha turdagi (so‘z yasovchi, shakl yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi) qo‘shimchalarni olgan holda qo‘llanish xususiyati mavjud bo‘lganidek, olmosh va sonda bu xususiyatlar deyarli yo‘q, yoki mustaqil so‘zlardan olmosh lug‘aviy jihatdan atama bo‘la olmasligi bilan ham ajralib turadi. Ular gapda ot, sifat, son o‘rnida qo‘llanib, narsa- hodisaning nomi, miqdori belgisi bo‘lmaydi. O‘zbek tilida mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish.Lug‘aviy ma'noga ega bo‘lmagan, so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘lash, ularga qo‘shimcha ma'no berish uchun ishlatilib, gapda biror gap bo‘lagi vazifasida qo‘llanilmaydigan so‘zlar yordamchi so‘zlar deyiladi. Yordamchi so‘zlarga ko‘makchi, bog‘Iovchi,
yuklama kiradi
Yordamchi so‘zlar lug‘aviy ma'no anglatmaydi.Masalan, uchun, ammo, sayin, bilan, va deganda hech narsani tushunmaymiz. Biroq, til tizimida bu so‘zlarning ham o‘ziga xos o‘rni bor.


Binobarin. ular so‘z va gaplarni o‘zaro munosabatlarini uyushtiradi (ko‘makchi), so‘zva gaplarni o‘zaro bog‘laydi (bog‘lovchi), so‘zlarga, ba'zan gapga qo‘shimcha ma'no beradi (yuklama).Shunga ko‘ra yordamchi so‘zlar hani til
tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lgan so‘zlardir.
Modal so‘zlar. So‘zlarning fikrga yoki fikming borliqqabo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Garchand, modal so‘zlar lug‘aviy ma'no bildirmasa-da, turli modal ma'nolarni: tasdiq, inkor, taxmin, gumon ma'nolarini ifodalaydi.Gapda esa kirish so‘z, yoki kirish gap vazifasida keladi.


Modal so‘zlar ma'no ifodalashi (modal ma'no bo‘lsa ham ), gapda vazifa bajarish (kirish so‘z bo‘lsa ham) jihatidan yordamchi so‘zlardan alohida ajratib tursa-da, gap bo‘lagi bo‘la olmasligi jihatidan yordamchi so‘zlarga yaqindir. Undov so‘zlar so‘zlovchining his-tuyg‘ularini ifoda etadi. Ular buyruq-xitob, haydash -chaqirishning atamasi bo‘lmasa ham ularaing ifodasi bo‘la oladi.Masalan, oh, uf, e, eh undovlari zavqlanish, charchaganlik, ajablanish, hayratlanish, kabilarni anglatsa, kisht, pisht esa haydashning ifodasidir. Taqlidiy so‘zlar tovushga, sharpaga bo‘lgan shartli taqlidni anglatadi. Taqlid asosida kishida tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan, taqir-tuqur, gup-gup, g‘uj-g‘uj so‘zlari kishi ongida qandaydir tushunclialarni olib keladi. Ular gapda biror gap bo‘lagi vazifasida keladi. Umuman, undov vataqlidiy so‘zlar ayrim xususiyatlariga ko‘ra mustaqil so‘zlarga yaqin.Shuning uchun bu so‘zlar gap bo‘lagi vazifasida ham, o‘zi mustaqil so‘z—gap shaklida ham keladi. Biroq bu so‘zlarda mustaqil so‘zlardagidek xususiyatlar to‘la shakllanmagani holda yordamchilarga hos belgilar ham mavjud.
O‘quvchilarda diqqat va tasavvurlari rivojlanadi, o‘quv materiallarini idrok qilish orqali ularning bilish faolligi oshadi. Boshlang‘ich sinflarda sifat turkumini o‘rganish tiAzimi o‘quv materialini leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilar savod o‘rgatish davridan boshlab, to 4- sinfga qadar belgi bildiruvchi so‘zlarning — sifatning leksik va grammatik ma'nolarini boshlang‘ich sinf ona tili dasturi hajmida o‘rganadilar. Savod o‘rgatish davrida belgi bildirgan so‘zlarning ma'nolarini o‘qituvchining “Mazasi qanday olma? Rangi qanday olma? Hajmi qanday olma?” kabi savollari asosida kuzatish orqali amaliy bilib boradilar. 1-sinfda va 2-sinfda “Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‘zlar” mavzusi o‘rgatilayotganda o‘quvchilar belgi bildirgan so‘zlarni ma'nolariga ko‘ra guruhlash ishlarini bajaradilar, ya'ni - ularni so‘roqlar yordamida gap va matnda shaxs, narsa, harakat, miqdor bildirgan so‘zlardan farqlash ko‘nikmasini egallaydilar. Bunda o‘qituvchi oldida turgan muhim vazifa o‘quvchilarning narsa va shaxsning belgilari xilma-xil bo‘lishini, ya'ni narsa rangi, mazasi, shakli, hidi, hajmi, xususiyatlariga ko‘ra farqlanishini, bular narsa va shaxsning belgilari ekanini anglashlariga erishish, nutqda ulardan samarali foydalanish orqali o‘quvchilar nutqini belgi bildirgan so‘zlar bilan boyitish va nutqini o‘stirishdir. Ayniqsa, o‘quvchilarga narsa va shaxslarni belgilariga ko‘ra tavsiflashga doir mashqlarga va bunga oid o‘quv topshiriqlariga katta ahamiyat berish lozim. 3-4-sinflarda esa sifat atamasi bilan tanishtirilgach, mazkur atama bilan elementar nazariy ma'lumotlarga ega bo‘ladilar. 3-4-sinfda o‘quvchilarning sifatlarning o‘ziga xos leksik-grammatik xususiyatlari haqidagi bilimlari va ko‘nikmalariga asoslanib, og‘zaki va yozma ijodiy ishlar — maktab bog‘i yoki istirohat bog‘iga sayohat uyushtirib, u yerda kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab, kichik hikoya tuzish kabilarga alohida o‘rin beriladi. Buni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ona tili va o‘qish darslarida ma'nodosh va zid ma'noli sifatlar, sifatning o‘z va ko‘chma ma'nolarda ishlatilishini kuzatishga, sifat yasashga doir leksik-semantik va grammatik mashqlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma'lum bo‘lgan sifatlarning ma'nosiga aniqlik kiritiladi. Sifatlar bolalar nutqini va tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Sifatlar narsa va hodisalarni aniq tasvirlash, ifodalash imkonini beradi. Bu imkoniyatdan foydalanib, ijodiy matn tuzishga o‘rgatish o‘quvchilarning fikrini aniqlashtiradi, nutqining ta'sirchanligini oshiradi.
Sifatni o’rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashib boradi. O’quvchilar I va II sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so’rog‘ini berishga o’rganadilar; III sinfda sifat so’z turkumi sifatida o’rganiladi; IV sinfda ilgari o’rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o’rgatiladi. Ona tili va o’qish darslarida o’quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma’lum bo’lgan sifatlarning ma’nosiga aniqlik kiritiladi. Sifatni o’rganish metodikasi uning lingvistikxususiyatlarigaasoslanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko’rinishi, maza-ta’mi, xarakter-xususiyati, hidi, vazni, o’rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o’rganishni talabqiladi. Sifatni tushunish uchun I sinfdanoq o’quvchilar e’tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. O’quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so’roq yordamida gapda so’zlarning bog‘lanishini aniqlash ko’nikmasi o’stiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so’z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) ravishda olib borishni talab etadi. Boshlang‘ich sinflarda “Sifat” mavzusi quyidagi izchillikda o’rganiladi: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (I, II sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (III sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o’zlashtirish (IV sinf). Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma’nosi va so’roqlari ustida kuzatish o’tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo’lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O’qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma – qizil, shirin, yumaloq olma;(qanday?) ip – uzun, ko’k ip. Albatta, suhbat asosida o’quvchilar olma, ip so’zlari nima? so’rog‘iga javob bo’lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so’zlar qanday? so’rog‘iga javob bo’lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar. O’qituvchi atrofimizni o’rab olgan predmetlarning o’z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday daraxt? – Katta, chiroyli, sershox, ko’m-ko’k daraxt. Qanaqa shkaf? – Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar predmet belgisini bildiradi. O’quvchilar belgi bildirgan bunday so’zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko’p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so’ngra sifatlari bilan o’qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko’rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so’zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko’rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi. O’quvchilar qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lgan (predmet belgisini bildirgan) so’zlarni o’zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali hisoblanadi: 1) so’roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so’zlarni tanlash; 2) aralash berilgan so’zlardan gap tuzish; 3) matndan kim? yoki nima? so’rog‘iga javob bo’lgan so’zni va unga bog‘langan qanday? va qanaqa? so’rog‘iga javob bo’lgan so’zni tanlab (so’z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so’zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish. Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: “sifat” tushunchasini shakllantirish hamda o’quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o’rinli foydalanish ko’nikmasini o’stirish hal qilinadi. “Sifat” tushunchasini shakllantirish o’quvchilarning “predmet belgisi” degan umumlashtirilgan kategoriyani o’zlashtirish darajasiga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda rang, maza, shakl-hajm, xilxususiyat bildiradigan so’zlar guruhlanadi va shu so’zlarning xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o’quvchilar uning so’z turkumi sifatidagi o’ziga xos ko’rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi, b) qanday? yoki qanaqa? so’rog‘iga javob bo’ladi, v) gapda otga bog‘lanib, shu ot bilan so’z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi. Bu sinfda og‘zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog‘i yoki parkka ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish kabilar)ga katta o’rin beriladi. O’quvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o’stirish uchun: 1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday shaftoli? Shirin, suvli, tuksiz shaftoli.Qanday kitob? Qalin, qizil kitob; 2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki); 3) predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini ayting kabi mashqlardan foydalanish mumkin. Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o’rnini puxta o’zlashtirishga erishish uchun ma’nodosh va zid ma’noli sifatlar ustida ishlash, o’qish darslarida sifatning o’z va ko’chma ma’noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o’rganish jarayonida so’z yasashga oid mashqlarni muntazam o’tkazib borish o’quvchilarda u yoki bu so’z turkumini yasash uchun so’z yasovchi qo’shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi. Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og‘zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o’rinli foydalanish ko’nikmasini o’stirish bilan bog‘liq holda -roq qo’shimchasi bilan qo’llangan sifatlarni va ko’m-ko’k, yam-yashil kabi sifatlarni to’g‘ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o’quvchilar nutqini o’stirishga qaratiladi. Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo’yish, gapda sifat bog‘langan otni (so’z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so’z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini tanlashda -roq qo’shimchasi bilan qo’llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko’proq bo’lishiga e’tibor beriladi. O’quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin, mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni o’zlashtirishda uni ot bilan o’zaro bog‘liq holda o’rganishga asoslaniladi.



    1. Yüklə 369,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin