Dengiz pasayib ketdi.(바다가 물러났다)
Yuqoridagi fikrlarning isbotlash uchun transformatsiya yordamida ya`ni pasaymoq bog`lovchi fe`li bo`lmoq bilan almashtirish orqali isbotlanadi:
Dengiz past edi. (바다가 낮았습니다.)
Koreys va o`zbek tilida sifatning gapda yana bir funksiyasidan biri aniqlovchi vazifasida ishlatilishidir. Aniqlovchi – sifatning asosiy sintaktik funksiyasi hisoblanadi. Aniqlovchining mazmunini ifodalagan so`zlarni sifat o`z ichiga oladi (yaxshi, qiyin, oson(좋고, 어렵고 , 쉬움) va u gapdan avval kelib uni aniqlaydi ( erta qish, kech kuz(이른 겨울, 늦은 가을).
Ko`p sifatlar ham aniqlovchi ham predikativ bo`lib, kelishi mumkin, ayrimlari esa faqat aniqlovchi holatida keladi. Ulardan bir guruhi ravishga aloqador bo`ladi. Bizga ma`lumki, sifatga maxsus qo`shimchasini qo`shish orqali ravish yasaladi va harakatning holatini aniqlaydi.
Sifatning gapda predikativ vazifasida ishlatilishini, hamda sintaktik va semantik xususiyatlarini har tomonlama amaliy va nazariy jihatdan o`rganib chiqilgan.
1 Shu bilan birga gapda sifatning predikativ funksiyasini yasashda, sifat va bog`lovchi fe`llarining bir-biriga uzviy bog`liqligini, hamda ular bir-birlarini inkor etmasliklarini kuzatamiz. Shu o`rinda umumiy akademik kitoblarida “동사 연결” (bog`lovchi fe`l) tushunchasi haqida, u nafaqat bog`lashi, balki unga qo`shimcha qancha – qancha ma`no berishi haqida aytib o`tildi.
2 Bundan tashqari biz ishimizda sifatning aniqlovchi vazifasida kelishi to`g`risida ham to`xtalib o`tdik. Shuningdek, sifatning yana bir gapidagi asosiy vazifasini so`z birikmalari bilan kelishidir.
3 Predikativ funksiyasidagi sifatlarni tadbiq qilishda temporal, lokativ, stativ, kauzal sintaksemalaridan foydalangan xolda aniqlanadi.
Xulosaning yakunida shuni aytishimiz kerakki, koreys tilshunosligida sifat haqida ko`p narsa aytilmagan bo`lsada, olimlarning sifat haqidagi muammoga qiziqishi ancha katta. Hali tilshunoslarning ko`plab hal qilinmagan masalalarni oydinlashtirish, amalga oshirilmagan vazifalarni bajarish zarurligini ko`rsatada, zamonaviy koreys va o`zbek mualliflarining badiiy asarlarida sifat va predikativ funksiyali sifatlardan keng foydalanilgan. Shuningdek, u o`zining leksik ma`nodorligi bilan, ko`pgina ma`no nozikliklarini bo`rttirib ifodalash orqali koreys va o`zbek badiiy adabiyotini bezab kelgan, hamda ko`tarinkilik ruhini berish uchun zarur bo`lganligini ko`rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Kim Mun Uk, Ismailov Akmal, Kim Chun Sig, v.h . Samarqand,2006.
Xolmatova Z.T , Tilshunoslikka kirish. Toshkent. 2007.
Nurmonov A. va boshqalar O`zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya. – Toshkent. 2001.
Dostları ilə paylaş: |