Membranali manometrlarda egiluvchan membrana yumshoq membrana rezinali qo'shimcha prujina bilan membrana qutili, bir qutili
va ikki qutili sezgir elementlar ishlatiladi.
MM turidagi membranali manometr 2,5 MPa gacha bo'lgan bosimlarni
o'lchash uchun mo'ljallangan. Manometrda o'lchanayotgan bosim ta'sirida qutida joylashgan membrana 2 egilib, tishli uzatma 6 orqali richag 4 bilan ulangan shtok 3 ni
qo'zg'atadi. Tishli uzatma tishli aylana 8 bilan bog'liq bo'lib, asbobning shkalasi 5
bo'yicha harakatlanuvchi ko'rsatkich 7 bilan prujina 9 orqali bog'langan.
Manometrning pastki qismida esa uni o'lchanayotgan ob’yektga o'rnatish uchun mo'ljallangan rezbali shtutser ko'zda tutilgan. Membranali manometrlar uncha katta bo'lmagan bosimlarni o'lchash uchun mo'ljallangan. O'lchash sistemasi sezgirliginingpastligi, rostlashning qiyinligi va membrananing charchashi natijasida xarakteristikasining о’zganshi -membranali manometrlarning kamchiligi hisoblanadi.
Egiluvchi membrana, qutili manometrlar atmosfera bosimini o'lchash uchun qo'llaniladi va barometrlar deyiladi. Atmosfera bosimi ichida vakuum hosilqilingangeometrik yopiq membrana qutisiga ta'sir ko'rsatadi. Membranalarni tayyorlash uchun bronza, jez va xrom-nikelli qotishmalardan foydalaniladi.
Membranali manometr.
Silfon devorining qalinligi 0,1...0.3 mm oralig'ida bo'ladi, diametri esa 8 dan 150 mm gacha o'zgaradi. Amalda chiziqli elastiklik xarakteristikasiga ega.
Silfonning qattiqligini oshirish uchun uning ichki qismiga vintli prujinajoylashti riladi.Sanoatda 25...400kPa gacha bo'lgan bosim va bosimlar farqini va 0...98 kPa gacha bo'lgan siyraklanishni o'lchaydigan silfonli manometrlar ishlab chiqariladi.
Memranali asboblar. Sunggi yillarda membranali asboblar tobora keng qo‟llanilmokda. Bu asboblarda sezgir unsur sifatida elastik materiallardan tayyorlangan yumshoq, shuningdek, gofirlangan plastikasimon membranalar yoki gofirlangan membrana kutichalar ishlatiladi. Membranli asboblar, uncha katta bo`lmagan ortiqcha bosimlar va siyraklanishlarni o`lchash uchun (manometrlar, naporometrlar va tyagometrlar) hamda bosimlar farqini o`lchash uchun (deformanometrlar) qo‟llaniladi.
Bunday membranali asboblar turli modifikatsiyalarda ishlanadi hamda +250 Pa
dan + 25 kPa gacha bo‟lgan o‟lchash chegaralariga muljallangan. Ularning aniqlik
sinfi 1,5 va 2.5.
Membranali asboblarning kamchiligi – sezgir unsur harakatchan markazining
sust yurishi. Membrana qattiqligining hisobdan chetlanishi va uni rostlash
murakkabligidadir. Sezgir unsurlarning bu kamchiligi elektrik va pnevmatik kuch
kompensatsiyasi chizmasi bo‟yicha ko‟rilgan asboblarda bartaraf etiladi.