Respublikamiz iqtisodiy tarmog’ining asosini qishloq xo’jaligi tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi ekinlari: g’o’za, bug’doy, arpa, makkajo’xori kabi madaniy ekinlardan olinadigan xom ashyolar ishlab chiqarish bo’g’inining asosiy qismini tashkil etadi. Bundan tashqari o’simliklardan olinadigan dorivor mahsulotlar farmasevtika zavodlari va dorixonalarda keng miqyosda foydalaniladi. Shuning uchun yovvoyi tabiatdan va o’zga iqlim sharoitdan mahalliy sharoitga biologiyasini o’rganish, ulardan oqilona foydalanish va ko’paytirishni bilish zarur masala hisoblanadi. Shuning uchun ushbu fan asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo’g’inidir.
Talabalarning O’simliklar introduktsiyasi fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informasion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda gerbariylardan foydalaniladi. Fanning o’qitish turlari dasturda ko’rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar shaklida olib boriladi. Shuningdek atroflicha bilim olishni ta’minlash maqsadida talabalarga mustaqil ish mavzulari ham beriladi. Fanni zamonaviy pedagogik uslublar – “Aqliy xujum”, “Bumerang”, “Muammoli” tarzida o’tish ko’zda tutilgan. Ma’lumotlar ko’rgazmali o’quv qurollari, kodoskop, multimedia yordamida olib boriladi. Ma’ruza, amaliy darslarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
ASOSIY QISM
Kirish O’simliklar introduktsiyasi haqida umumiy tushuncha. Qisqacha tarixi. Introduktsiya va akklimatizatsiya. O’simliklarni madaniylashtirish zarurati, insonlarni har tomonlama ehtiyojlarini qondirishdagi o‘rni.
Introdutsentlarni dastlabki tanlab olish metodlari. O’simliklar introduktsiyasi yovvoyi tabiatdan va o’zga iqlim sharoitdan mahalliy sharoitga biologiyasini o’rganish, ularning tashqi muhit sharoitlariga moslashish qonuniyatlari