Fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakaga erishilishiga qo’yiladigan talablar
“O’simliklar introduksiyasi” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:
- Turli iqlim va ekologik sharoitlarda o’sadigan foydali o’simliklarni inroduktsiya qilish uchun tanlab olish, introdusentlarni biologik xususiyatlarini o’rganish hamda ularni turli guruhlarga bo’lib o’rganishni bilishi kerak.
- talaba introduksiya qilinadigan foydali o’simliklarning sistematik o’rnini – qaysi sistematik birliklarga mansubligini mustaqil aniqlay olishi; mutaxassislikka oid zamonaviy tadqiqot uslublarini bilish va ulardan foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- talaba introduksiya va reintroduksiya tadqiqot usullari, ularning tashqi muhit sharoitlariga moslashish qonuniyatlari, introdusentlarning biologik va fitosenologik xususiyatlari va introduksiya maqsadini baholash malakalariga ega bo’lishi kerak.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
“O’simliklar introduksiyasi” fani 5A140101 - Biologiya (botanika) mutaxassisligi bo’yicha asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 2- semestrda o’qitiladi. O’quv rejasida rejalashtirilgan umummetodologik fanlar (milliy g’oya, ilmiy-tadqiqot metodologiyasi, pedagogik texnologiyalar, amaliy xorijiy til, axborot tizimlari, nutq madaniyati, psixologiya) va mutaxassislik fanlarini o’zlashtirishda botanika va fitosenologiya asoslaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Fanning ilm fan va ishlab chiqarishdagi o’rni
Respublikamizda foydali o’simliklarning turlari ko’p. Har bir o’simlik turining tabiatda, ya’ni qaysidir o’simlik jamoasida tutgan o’z o’rni bo’ladi. Bu qonuniyatlarni bilganimizdagina biz har bir o’simlikning o’zini tushuna olishimiz va undan oqilona foydalana olishimiz mumkin. Aks xolda tabiatga qattiq salbiy ta’sir o’tkazib qo’yish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |