Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” “savol javob” usulida olib boriladi: 1.Nojo`ya harakat jinoyatdan nima bilan farqlanadi? 2.Ma`muriy kodeksda jazolarning qaysi turlari nazarda tutilgan? 3.Ma`muriy huquqbuzarlik mohiyatini tushuntiring. Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Ushbu darsni o`zlashtirib olish o`quvchiga:
Ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rish bosqichlarining ketma ketligi to`g`risida tasavvurga ega bo`lishga;
Omma oldida so`zga chiqish ko`nikmalaringizni, huquqiy bilimlar va yuridik atamalardan foydalanish bilan o`z nuqtai nazaringizni isbotlash qobiliyatingizni isbotlash qobiliyatingizni takomillashtirishingizga yordam beradi.
Ma`muriy huquqbuzarlik ishini sudda ko`rish: Ma`muriy huquqbuzarlik ishini sudda ko`rish fuqarolik jarayonidagi yakunlovchi bosqich hisoblanadi. Ayni shu bosqichda bunga vakolatli bo`lgan shaxs quyidagilarni aniqlashga majbur: ma`muriy huquqbuzarlik sodir etilganmi, mazkur shaxs uni sodir etishda aybdormi, u ma`muriy javobgarlikka tortiladimi, javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og`irlashtiruvchi holatlar bormi, uning harakatlari bilan mulkiy zarar yetkazilganmi, agar yetkazilgan bo`lsa, unda qanday miqdorlarda va hokazo. Bundan tashqari, huquqbuzarlik maqsadi va sabablarini aniqlash lozim. Mustahkamlash: 10 daqiqa. Mavzu “Aqliy hujum” “Aralash” savol javob usulida mustahkamlanadi: 1. Ma`muriy huquq qanday munosabatlarni tartibga soladi? 2. Ushbu huquq sohasi bilan qaysi tamoyillar birikadi? 3.Nimalar ma`muriy huquq manbalari hisoblanadi? Dars yakuni: 3 daqiqa.