Sana: ___________________ 19
Sinf: 9 Fan: Konstitutsiyaviy huquq asoslari. Mavzu: O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi. Maqsad: Ta`limiy: o`quchilarga O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi mavzusi bo`yicha bilim berish; Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish; Ko`rgazmalilik: 9 – sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r. Dars turi: aralash; Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster” Darsning borishi: Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi: 1.Suveren davlat qaysi alomatlarga ega? Suveren davlat alomatlaridan qaysi birini eng muhimi sifatida ta`riflash mumkin? 2.Davlat tuzilishining u yoki bu shakli nimaga bog`liq bo`ladi? 3.Davlat tuzilishi unitary shaklining federativ shaklidan farqi nimada? 4.Qoraqalpog`iston Respublikasi suvereniteti alomatlarini sanang. 5.Davlat tuzilishining federativ shakliga ta`rif bering 6.Konfederatsiya subyektlarining qanday huquq va majburiyatlari mavjud? Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi: 1.Hokimiyatsiz jamiyat bo`lishi mumkinmi? 2.O`zbekiston Respublikasidagi davlat hokimiyati tizimi. 3.Hokimiyatning bo`linish prinsiplari.