Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi: 1.Demokratik – huquqiy davlat barpo etish jarayonida nima uchun hokimiyatlar bo`linishi prinsipidan foydalanishi kerak? 2. O`zbekiston Respublikasida hokimiyatlar bo`linishi prinsipi qay tarzda ro`yobga chiqarilgan? 3.Qonunchilik tashabbusiga ega bo`lgan subyektlarni sanang. 4.Davlatni boshqarish shakllari xususida allomalarimiz qanday fikrlarni ilgari surganlar? Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi: 1. Oliy Majlis va uning tarkibi. 2. Oliy Majlis qonunchilik palatasining mutloq vakolatlari. 3. Oliy Majlis Senatining mutloq vakolatlari. 4.Qonunchilik tashabbusi huquqi. 5.Qonunchilik jarayonlari bosqichlari. Mustahkamlash: 10 daqiqa. Mavzu “Aqliy hujum” va “savol javob” usulida mustahkamlanadi: 1. Oliy Majlis qanday tuzilgan? Uning tarkibiga necha nafar deputat va senator kiradi? 2. Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining mutlaq vakolatlarini sanab bering? 3. “Qonunchilik tashabbusi huquqi” tushunchasini tushuntirib bering. 4. Qonun ishlab chiqish jarayoni qanday bosqichlardan iborat? 5. “Mukammal qonunlar” qanday ishlab chiqiladi? 6. Nima uchun Senatning o`n besh nafar a`zosi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi? Dars yakuni: 3 daqiqa.
O`quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish;
Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash;
Uyga vazifa: 2 daqiqa.
Mavzuni o`qib, mavzu oxirida berilgan savollarga javob yozib kelish;