Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi: Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi: 1. Prezidentning davlat boshlig`i sifatidagi asosiy kafolatlarini sanang. 2. O`z burchlarini bajarayotganda Prezident qanday qiyinchiliklarni yengib o`tishi zarur? 3. Sizningcha, Prezident o`z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emasligi to`g`risidagi qoida nega Konstitutsiyaga kiritilgan?. 4. Bizning davlatimizda kimlar Prezident etib saylanishi mumkin? 5. Prezident Respublikasining Parlament Respublikasidan farqini ayting? 6.Prezident siyosiy partiyaning a`zosi bo`lishi mumkinmi? Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi: 1. Vazirlar Mahkamasi - mamlakat hukumati. 2. Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari. Mustahkamlash: 10 daqiqa. Mavzu “Aqliy hujum” va “savol javob” usulida mustahkamlanadi: 1. O`zbekiston Respublikasida qanday ijro organlari mavjud. 2. Vazirlar Mahkamasi tarkibi qanday tuziladi? 3. Respublika hukumatining asosiy vakolatlarini sanab bering. 4. Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis bilan o`zaro aloqasi qanday amalga oshiriladi? 5. Ijro hokimiyati organlarining asosiy vazifasini aytib bering. Dars yakuni: 3 daqiqa.
O`quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish;