Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish; Ko`rgazmalilik: 9 – sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r. Dars turi: aralash; Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster” Darsning borishi: Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi: 1. Odil sudlovni amalga oshirish borasida qonun tomonidan havola etiladigan asosiy talablarni ayting? 2. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo`ysunish prinsipi amaliyotda qay tarzda nomoyon etiladi? 3.Konstitutsiyaviy sudning asosiy vazifasini aytib bering. 4. Kim shahar yoki tuman, harbiy sud, konstitutsiyaviy sud sudyasi bo`lishi mumkin? Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi: 1. Umumxalq saylovi - mamlakat taraqqiyot yo`lini tanlashdir. 2. Saylovning qaysi modeli yaxshiroq? 3. Demokratik saylov prinsiplari. 4.Saylovlar o`tkazilishi ustidan nazorat. Mustahkamlash: 10 daqiqa. Mavzu “Aqliy hujum” va “savol javob” usulida mustahkamlanadi: 1.Yashirin ovoz berish chog`ida umumiy, teng, to`g`ridan to`g`ri saylov huquqi nimani anglatadi? 2. O`zbekiston Respublikasida kim saylash huquqiga ega? 3. Saylov komissiyasi faoliyatida oshkoralik qanday rol o`ynaydi? 4. O`zbekistonda qaysi saylov tizimi modeli qabul qilingan? 5. O`zbekiston Respublikasining saylov to`g`risidagi qonun hujjatlari fuqarolarga qanday huquqlarni taqdim etadi?