Sinf: 10 Fan: Davlat va huquq asoslari. Mavzu


Sana: ___________________ 16 Sinf



Yüklə 325 Kb.
səhifə23/49
tarix22.03.2023
ölçüsü325 Kb.
#89029
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
10-sinf huquq konspekt

Sana: ___________________ 16
Sinf: 9
Fan: Konstitutsiyaviy huquq asoslari.
Mavzu: Nazorat ishi - 2
Maqsad:
Ta`limiy: o`quchilarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarning huquqiy va siyosiy tafakkurni shakllantirish;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni olgan bilimlarini mustahkamlash;
Ko`rgazmalilik: nazorat daftarlari, “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, doska, bo`r.
Dars turi: ochiq test, yopiq test, aralash;
Dars uslubi: “ ko`p variantli”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 5 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, nazorat daftarlarini o`quvchilarga tarqatish va ular e`tiborini nazorat ishini bajarishga qaratish.
Yangi mavzuni bayoni: 35 daqiqa.
1. Fuqarolarning o`z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish
uchun ko`mak so`rab qilgan murojaatlari nima deb ataladi?
A) Ariza B) Taklif C) Shikoyat D) Bildirgi
2.Biror-bir muhim jamoatchilik masalasini jamoa bo`lib birgalikda muhokama qilish uchun
fuqarolar ishtiroki nima deb ataladi?
A) Miting B) Namoyish C) Yig`ilish D) Majlis
3. O`zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi qonuni qachon qabul qilingan?
A) 1991 – yil 1-noyabrda B) 1994 – yil 18-fevralda
C) 1997 – yil 26-dekabrda D) 1996 – yil 26-dekabrda
4. Mamlakatda mehnat qilayotgan aholining huquqlarini davlat tashkilotlari bilan bir qatorda
himoya qiluvchi eng ommaviy jamoat birlashmasi nima deb ataladi?
A) Siyosiy partiya B) Ijodiy uyushma
C) Kasaba uyushmalari D) Faxriylar tashkilotlari
5.Mehnatga tayyorlash maqsadida o`quvchilar necha yoshdan boshlab o`qishdan bo`sh vaqtda ishga
qabul qilinishi mumkin?
A) 16 yoshdan B) 14 yoshdan C) 13 yoshdan D) 15 yoshdan
6. “ Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”. Ushbu jumlalar O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida berilgan?
A) 43 - modda B) 42 – modda C) 50 – modda D) 40- modda
7. Bevosita demokratiya asosan qanday amalga oshiriladi?
A) Parlamentni tuzish orqali B) Prezident saylash orqali
C) Referendum orqali D) Miting va namoyishlar orqali
8. Asosiy qonun nima?
A) Konstitutsiya B) Prezident farmoni C) Hukumat qarori D) Oliy Majlis qonuni
9. O`zbekistonda fuqaroligi bo`lmagan yoki chet el fuqarolari qanday huquqlardan mahrum ?
A) madaniy huquqlardan B) iqtisodiy huquqlardan C) siyosiy hiquqlardan D) ijtimoiy huquqlardan
10.Fuqarolarni mamlakat taraqqiyotiga imkon yaratib beradigan partiyadan nomzodni tanlab olishi
uchun demokratik huquqiy davlatda kamida nechta partiya bo`lishi kerak?
A) uchta partiya B) to`rtta partiya C) ikkita partiya D) bitta partiya

Yüklə 325 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin