Sana: ____________________ 14 Sinf: 10 Fan: Davlat va huquq asoslari. Mavzu: Maqsad: Ta`limiy: Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish; Shakllantiriladigan kompetensiyalar: TK1. TK2. TK3. TK4. TK5. FK1. FK2. Ko`rgazmalilik: 10 – sinf “Davlat va huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r. Dars turi: aralash; Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster” “Aralash” Darsning borishi: Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” “savol javob” usulida olib boriladi: 1.Nojo`ya harakat jinoyatdan nima bilan farqlanadi? 2.Ma`muriy kodeksda jazolarning qaysi turlari nazarda tutilgan? 3.Ma`muriy huquqbuzarlik mohiyatini tushuntiring. Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Ushbu darsni o`zlashtirib olish o`quvchiga:
Ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rish bosqichlarining ketma ketligi to`g`risida tasavvurga ega bo`lishga;
Omma oldida so`zga chiqish ko`nikmalaringizni, huquqiy bilimlar va yuridik atamalardan foydalanish bilan o`z nuqtai nazaringizni isbotlash qobiliyatingizni isbotlash qobiliyatingizni takomillashtirishingizga yordam beradi.
Ma`muriy huquqbuzarlik ishini sudda ko`rish: Ma`muriy huquqbuzarlik ishini sudda ko`rish fuqarolik jarayonidagi yakunlovchi bosqich hisoblanadi. Ayni shu bosqichda bunga vakolatli bo`lgan shaxs quyidagilarni aniqlashga majbur: ma`muriy huquqbuzarlik sodir etilganmi, mazkur shaxs uni sodir etishda aybdormi, u ma`muriy javobgarlikka tortiladimi, javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og`irlashtiruvchi holatlar bormi, uning harakatlari bilan mulkiy zarar yetkazilganmi, agar yetkazilgan bo`lsa, unda qanday miqdorlarda va hokazo. Bundan tashqari, huquqbuzarlik maqsadi va sabablarini aniqlash lozim.