Sana: ___________________ 16
Sinf: 9 Fan: Konstitutsiyaviy huquq asoslari. Mavzu: Nazorat ishi - 2 Maqsad: Ta`limiy: o`quchilarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish; Tarbiyaviy: o`quvchilarning huquqiy va siyosiy tafakkurni shakllantirish; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni olgan bilimlarini mustahkamlash; Ko`rgazmalilik:nazorat daftarlari, “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, doska, bo`r. Dars turi: ochiq test, yopiq test, aralash; Dars uslubi: “ ko`p variantli” Darsning borishi: Tashkiliy qism:5 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, nazorat daftarlarini o`quvchilarga tarqatish va ular e`tiborini nazorat ishini bajarishga qaratish. Yangi mavzuni bayoni: 35 daqiqa. 1. Fuqarolarning o`z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun ko`mak so`rab qilgan murojaatlari nima deb ataladi? A) Ariza B) Taklif C) Shikoyat D) Bildirgi 2.Biror-bir muhim jamoatchilik masalasini jamoa bo`lib birgalikda muhokama qilish uchun fuqarolar ishtiroki nima deb ataladi? A) Miting B) Namoyish C) Yig`ilish D) Majlis 3. O`zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi qonuni qachon qabul qilingan? A) 1991 – yil 1-noyabrda B) 1994 – yil 18-fevralda C) 1997 – yil 26-dekabrda D) 1996 – yil 26-dekabrda 4. Mamlakatda mehnat qilayotgan aholining huquqlarini davlat tashkilotlari bilan bir qatorda himoya qiluvchi eng ommaviy jamoat birlashmasi nima deb ataladi? A) Siyosiy partiya B) Ijodiy uyushma C) Kasaba uyushmalari D) Faxriylar tashkilotlari 5.Mehnatga tayyorlash maqsadida o`quvchilar necha yoshdan boshlab o`qishdan bo`sh vaqtda ishga qabul qilinishi mumkin? A) 16 yoshdan B) 14 yoshdan C) 13 yoshdan D) 15 yoshdan 6. “ Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”. Ushbu jumlalar O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida berilgan? A) 43 - modda B) 42 – modda C) 50 – modda D) 40- modda 7. Bevosita demokratiya asosan qanday amalga oshiriladi? A) Parlamentni tuzish orqali B) Prezident saylash orqali C) Referendum orqali D) Miting va namoyishlar orqali 8. Asosiy qonun nima? A) Konstitutsiya B) Prezident farmoni C) Hukumat qarori D) Oliy Majlis qonuni 9. O`zbekistonda fuqaroligi bo`lmagan yoki chet el fuqarolari qanday huquqlardan mahrum ? A) madaniy huquqlardan B) iqtisodiy huquqlardan C) siyosiy hiquqlardan D) ijtimoiy huquqlardan 10.Fuqarolarni mamlakat taraqqiyotiga imkon yaratib beradigan partiyadan nomzodni tanlab olishi uchun demokratik huquqiy davlatda kamida nechta partiya bo`lishi kerak? A) uchta partiya B) to`rtta partiya C) ikkita partiya D) bitta partiya