O`tilgan mavzular bo`yicha krassvord tuzib kelish;
Sana: __________________ 17 Sinf: 9 Fan: Konstitutsiyaviy huquq asoslari. Mavzu: Oila jamiyatning kelajagi va buguni negizidir. Maqsad: Ta`limiy: o`quchilarga Oila jamiyatning kelajagi va buguni negizidir mavzusi bo`yicha bilim berish; Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish; Ko`rgazmalilik: 9 – sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r. Dars turi: aralash; Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster” Darsning borishi: Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi: 1.Kishilar qanday maqsadlarda siyosiy partiyalarga va harakatlarga uyushadilar? 2.Ko`ppartiyaviylikning mavjudligi mamlakatda demokratiya rivojlanishiga qay tariqa ijobiy ta`sir o`tkazadi? 3.Davlat Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasida qanday partiyalar tuzilishi taqiqlangan? 4.Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida faoliyat ko`rsatayotgan siyosiy partiyalarni sanab bering.