Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi: Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi: 1. Nima uchun konstitutsiyaviy huquq normalari bilan oila jamiyatning negizi deb e`tirof etiladi? 2. Oila-nikoh munosabatlarining huquqiy asoslarini sanab bering. 3. Ota-onalarning huquq va majburiyatlarini sanang. 4. Qaysi hollarda nikoh qayd etilmasligi mumkin? 5. Bolalarning huquq va majburiyatlarini sanang. Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi: 1.Davlat tuzilishi shakllari. 2.O`zbekiston Respublikasining ma`muriy - hududiy tuzilishi. 3.Qoraqalpog`iston Respublikasining davlat tuzilishi. Mustahkamlash: 10 daqiqa. Mavzu “Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi: 1.Suveren davlat qaysi alomatlarga ega? Suveren davlat alomatlaridan qaysi birini eng muhimi sifatida ta`riflash mumkin? 2.Davlat tuzilishining u yoki bu shakli nimaga bog`liq bo`ladi? 3.Davlat tuzilishi unitary shaklining federativ shaklidan farqi nimada? 4.Qoraqalpog`iston Respublikasi suvereniteti alomatlarini sanang. 5.Davlat tuzilishining federativ shakliga ta`rif bering 6.Konfederatsiya subyektlarining qanday huquq va majburiyatlari mavjud? Dars yakuni: 3 daqiqa.