Mustahkamlash: 10 daqiqa. Mavzu “Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi: 1.Demokratik – huquqiy davlat barpo etish jarayonida nima uchun hokimiyatlar bo`linishi prinsipidan foydalanishi kerak? 2. O`zbekiston Respublikasida hokimiyatlar bo`linishi prinsipi qay tarzda ro`yobga chiqarilgan? 3.Qonunchilik tashabbusiga ega bo`lgan subyektlarni sanang. 4.Davlatni boshqarish shakllari xususida allomalarimiz qanday fikrlarni ilgari surganlar? Dars yakuni: 3 daqiqa.
Sana: _____________________ 20 Sinf: 9 Fan: Konstitutsiyaviy huquq asoslari. Mavzu: Oliy Majlis va uning vakolatlari. Maqsad: Ta`limiy: o`quchilarga Oliy Majlis va uning vakolatlari mavzusi bo`yicha bilim berish; Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish; Ko`rgazmalilik: 9 – sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r. Dars turi: aralash; Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster” Darsning borishi: Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.