Sinf: 3-“А” Sana


II.O’tilganlarni mustahkamlash



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə3/6
tarix30.12.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#78163
1   2   3   4   5   6
3 А ochiq dars ishlanmasi

II.O’tilganlarni mustahkamlash.
O’quvchilar shoir Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asaridan keltirilgan hikmatli so’zlarni yoddan aytadilar va rag’bat kartochkalriga ega bo’ladilar.

Moslashuv “mashqi o’tkaziladi
O’quvchilarga til haqida maqollar yozilgan tarqatmalar berilib, ular nuqtalar o’rniga mos so’zlarni birlashtiradilar.

O’quvchilar bajargan topshiriqlarining taqdimotini qilib bo’lgach, ulardan bu hikmatli so’zlar kimga tegishli ekanini so’raladi.
-Albatta, bolajonlar, bu hikmatli so’zlarning muallifi buyuk shoir, davlar arbobi, olim Alisher Navoiy bobomiz edilar. Bobomiz haqida nimlarni bilamiz?
-Bilimdonlarim, Navoiy bobomizning g’azallaridan yodlaganlar bormi?
O’quvchilarning ishlarini tekshirguncha dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
Dam olish daqiqasi (o’quvchilar qo’shiq kuylab, harakatli mashq bajaradilar)

Hirot tuprog’ida voyaga yetgan


“Qush tili “ yo’llarini munavvar etgan.
Yillar to’zonidan sog’- omon o’tgan,
Navoiy bobomlar
Buyuk odamlar.
2-o’quvchi
“Xamsa”si ko’ngilni shamdek yoritgan,
Tilimizni ko’kam boy etgan.
Mag’rib-u mashriq ham iftixor etgan,
Navoiy bobomlar
Qutlug’ qadamlar.
3-o’quvchi
Dostonlari chiqmagay yoddan,
So’rang Majnun, Qaysdan, Farhoddan.
Layli, shirin, qaddi shamshoddan
Navoiy bobomlar
Buyuk odamlar.
4-o’quvchi
Mir Alisher otash zabondir.
Umri boqiy omon-omondir.
G’azallari fidoyi jondir
Navoiy bobomlar
Qutlug’ qadamlar.
III. Yangi dars bayoni.
-Bolajonlar, navbatdagi bekatimiz “Yangi mavzu” bekati. Yangi mavzu nima ekanligini bilib olish uchun biz bu matematik toshiriqlarni bajarishimiz zarur.
Yangi mavzu e’lon qilishdan oldin o’quvchilarning matematika fanidaga doir savolli tarqatmalar beriladi.
1.1000 kg necha tonnaga teng? (1 t)
2. Onaning yoshi 48 yosh, qizining yoshi esa 24 yoshda. Onaning yoshi qizinikidan necha marta katta? (2marta)
3.15 sonining beshdan bir qismini toping. (3)
4.Yuzi 16cm2 bo’lgan kvadratning tomoni necha cm bo’ladi?(4)
5.10,15,20,25,30,35 sonlari qaysi songa bo’linadi?(5)
6.Noma’lum sonni 10 marta orttirilsa,60 hosil bo’ladi. Noma’lum sonni toping.(6)
7.1 hafta necha kundan iborat? (7)
8.Sinf xonasining yuzi 40 m2, eni 5m bo’lsa, bo’yi necha m bo’ladi?(8)

1

2

3

4

5

6

7

8



Shu raqamlarga mos keladigan kartochkalarni orqa tomonini ko’rinadigan qilib yopishtirilsa, bugungi mavzu hosil bo’ladi.





Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin