2-guruh: Vatan ozodligi uchun kurashgan xalq qahramonlari haqida
3-guruh: Jaloliddin Manguberdiga ta’rif beriladi
O’quvchilarning bajargan ishlari baholanadi.
-Aziz o’quvchilar, bugungi tinch, farovon hayotimiz mustaqillik tufaylidir. Mustaqillik esa osonlikcha qo’lga kiritilmagan. Qanchadan qancha o’zbekning mard o’g’lonlari ozodlik uchun kurashib halok bo’ldilar. Ularning orzulari 1991-yil 31- avgust kuni ro’yobga chiqdi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon qildilar. Yaqin kunlarda Mustaqilligimizning asoschisi I.A.Karimovning tavallud kunlarini nishonlaymiz. Qani kim aytadi, I.A.Karimov qachom tavallud topganlar?(1938-yil 30-yanvarda)
-Bugungi darsimizda ularni eslashdan maqsadimiz ruhlarini shod etish. Biz ana shunday mard,jasur , ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz. Ularni hech qachom unutmaymiz .
V.Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash. -Endi, guruhlar to’plagan umumiy ballni hisoblab, g’olib guruhni aniqlaymiz . Shu bilan birga kuzatuvchi ustozlardan eng faol o’quvchini aniqlab berishlarini so’raymiz.
O’quvchilarning to’plagan rag’bat kartochkalari hisoblanadi va g’olib guruh aniqlanadi. Darsda eng faol qatnashgan o’quvchiga “Bilimlar mamlakati”ning oltin kaliti topshiriladi va baholanadi.
-Bolajonlar, bugungi dars sizga yoqdimi?
-Siz Jaloliddin Manguberdi haqida yana nimalarni bilishni xohlardingiz?
VI. Uyga vazifa:matnni ifodali o’qib gapirib berishga tayyorlanish.
FОYDALANILGAN ADABIYoTLAR:
O’qish kitobi: 3-sinf uchun darslik. M.Umarova, X.Xamroqulova, R.Tojiboyeva; Toshkent, “O’qituvchi”, 2019.
O’zbek xalq maqollari, Toshkent ”FAN” nashriyoti,1987-yil