IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: yangi mavzu amaliy mashg‘ulot davomida mustahkamlanib boriladi.
V.O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilarning amaliy mashg‘ulot jarayonida bajargan ishlari diqqat bilan kuzatiladi. Texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilib ish bajarganliklari, tayyorlangan buyumni ish ketma-ketligini to‘g‘ri olib borganliklari, buyumning sifati kabi holatlar inobatga olinib baho qo‘yiladi. “Bugungi ishni ertaga qo‘yma” metodi yordamida bu yanada aniqroq bajariladi.
VI.Uyga vazifani e’lon qilish va darsni yakunlash:Yangi mavzu asosida tayyorlangan qirg‘ichni uyda sinab ko‘ring. Amaliy mashg‘ulot davomida bajargan ishingiz qay darajada sifatli chiqqanligini o‘zingiz baholang. Buyumdagi ortiqcha kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qiling. Uy – ro‘zg‘or va maktab, turmushda foydalaniladigan yana qanday buyumlarni tayyorlay olishingiz haqida o‘ylab ko‘ring.