Sinf: 7-sinf Yo‘nalish: Texnologiya va dizayn. Metallarga ishlov berish texnologiyasi bo‘limi Mavzu


II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash



Yüklə 47,48 Kb.
səhifə2/4
tarix19.10.2023
ölçüsü47,48 Kb.
#157408
1   2   3   4
uy rozgor turmush va maktab uchun me

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash:
O‘quvchilar o‘tilgan mavzu bo‘yicha “Texnologik xarita” tayyorlashni o‘rganishgan. Bugungi dars uchun tayyorlanadigan buyumning homaki loyihasini tayyorlab kelish topshirig‘i asosida o‘quvchilarning ishlari tekshiriladi. O‘quvchilarga yana bir marta texnologik xarita tayyorlash bo‘yicha tushunchalar beriladi.
III. Yangi mavzu bayoni: (amaliy mashg‘ulot)
Metall materiallardan buyum yasash. Qirg‘ich tayyorlash texnologiyasi.
Kerakli hom ashyo va asbob moslamalar; ichimliklardan bo‘shagan tunuka idish, qaychi, marker qalam, qo‘l parmasi, chizg‘ich.
Ishni bajarish tartibi:
1. Iste’mol qilinib bo‘lgan tunukali idish tanlab olinadi. Idish tayyorlangan tunuka o‘rtacha qattiqlikda bo‘lgani maqsadga mufofiq. Chunki yumshoq tunuka idishidan qirg‘ich tayyorlab bo‘lmaydi.
2. Idishning belgilangan qismidan marker qalam yordamida chiziqlar chiziladi. Chiziqlarning oraliq masofasi bir xil bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim.
3. Marker qalami yordamida to‘ri chiziqlarga perpendikulyar holatda yana chiziqlar chizib chiqiladi. Bunday holatda ham chiziqlarning oraliq masofasiga e’tibor qaratishimiz lozim.
4. Chizilgan chiziqlarning kesishgan joylari belgilab olinib qo‘l parmasi yordamida bir tekis qilib teshib olinadi.
5. Teshilgan teshikchalar qum qog‘oz yordamida silliqlanadi.
6. Idishimizdagi ortiqcha metal bo‘laklarini yo‘qotish uchun suv bilan yuviladi.
7. Har bitta teshib chiqilgan teshikchalar parmaning orqa tomoni bilan tepadan pastga qarab bukiladi. Har bitta bukilayotgan teshikchaning qayrilish burchagi bir xil bo‘lishi lozim. Aks holda qirg‘ichdan o‘tkaziladigan mahsulotning katta-kichikligi har xil bo‘lib qolishi mumkin.
8. Tayyor bo‘lgan qirg‘ichni sinab ko‘rish mumkin. Biz bilamizki, qirg‘ichdan turli xil mahsulotlarni maydalashda foydalaniladi. Safarga, dam olish maskanlariga sayohatga chiqqanimizda uydagi barcha buyumlarni olib ketishning imkoni bo‘lmaydi. Bunday sharoitda qo‘lbola usulda tayyorlangan qirg‘ich bizga as qotadi.
1-jadval.


Yüklə 47,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin