II BOB. O‘QISH DARSLARIDA SHE’R O‘TISH USLUBIYATI VA TALABLARI 2.1. O‘qish darslarida she’rlar va uni o‘qitishning usullari Boshlang’ich sinf «o‘qish kitobi» darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o‘quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib Kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to‘g’ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. shunga ko‘ra, o‘qish darslarining yetakchi xususiyati o‘quvchilarningsavodxonligini ta’minlash bilan birga, o‘quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlarruhida tarbiyalashga qaratiladi.Boshlang’ich sinflarning o‘qish darslarida o‘rganiladishgan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ular ona tabiat yil fasllari, xalq og’zaki ijodi,mehnatga muxabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
O‘qish darslari uchun tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo‘yicha ham bilim va tarbiya berishni ko‘zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat mavzular alohida ajralib turadi. ulardan ko‘zlangan maqsad o‘zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog’liq tuyg’ularni uyg’otishdir. Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam. mehnatsevarlik kabi mavzular o‘qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo‘lib, 2 sinf «O‘qish kitobi»dagi «Ona yurtim-oltin beshigim» bo‘limiga kiritilgan «O‘zbekistonim» (H.Imonberdiyev), «Istiqlol» (J.Jabborov), «O‘lka» (E.Voxidov), «Yur tog’larga» (U.Nosir), 3-sinfda «Ona bita, Vatanyagona» bo‘limidagi «Vatan haqida she’r» (A.Avloniy), «O‘zbegim» (E.Voxidov), «Vatan mo‘tabirdir» (X.Davron), «Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi» (T.Malik), 4-sinfda «O‘zbekiston» - Vatan manim bo‘limidagi «Serquyosh o‘lka» (Z.Diyor), «Iqboli buyuksan» (A.Oripov), «Toshkentnoma» (M.(Shayxzoda), «Xarita» (N.Norqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ilug’ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to‘g’risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, amir Temur, Alisher Navoiy,Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir.
Bu xildagi asarlar o‘quvchilarni faqat o‘tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, vatan oldidagi farzandlik burchi va masuliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muxabbat tuyg’usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o‘timishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar, jamiyattaraqqiyoti xususida qisqacha bo‘lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Tabiatga oid mavzular yordamida o‘quvchilar tabiatdagi o‘zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar o‘quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga. unga nisbatan to‘g’ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi. Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashga tabiat bag’riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o‘rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlil vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi. Umuman, «O‘qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug’atini boyitishga, og’zaki va yozma nutqini to‘g’ri shakllantirish va nutq madaniyatini o‘stirishga ham qaratiladi. Amaldagi «O‘qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o‘tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. Masalan, 1-sinfda o‘rgatiladigan «Ajdodlarimiz - faxrimiz», «Ilm – aql chirog’i», «Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4 sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa o‘quvchilarning oldingi bilimlarini to‘ldiradi va boyitadi.
Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o‘laroq, boshlang’ich sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-axloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan chambarchas bog’lab olib boriladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang- barangligiga, poetik mukammalligiga, o‘quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar darsliklar yordamida o‘zlashtiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning kelajak hayotda zarur bo‘lishini tushunib yetishishlariga erishish o‘quvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.Boshlang’ich ta’lim bo‘yicha DTS va «Ona tili» o‘quv dasturida o‘qish ta’limi oldiga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o‘qishni to‘g’ri tashkilqilish, o‘qish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg’or pedagogik texnologiyalardan o‘rinli foydalanishga ko‘p jihatdan bog’likdir. Shu o‘rinda, bir fikrni aytib o‘tishni o‘rinli hisoblaymiz. Bir qancha o‘qituvchilar, metodik qo‘llanmalarning avtorlari adabiyotni faqat o‘quv materiali deb hisoblab, adabiyot darslari bolalarga faqat plan tuzishni, qahramonga xarakteristika berish yo‘llarini, ularning og’zaki va yozma nutqini o‘stirishni o‘rgatadi, deb talqin qildilar. Ular adabiyotning estetik ta’sirini, shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam berishni ikkinchi o‘ringa qo‘ydilar, ba’zan adabiyotning bu xususiyatini batamom unutib qo‘ydilar. Shuningdek maktabga adabiyot darsi hozirgi zamon hayoti bilan yaqndan bog’lanmadi va o‘quvchilarni uncha qiziqtirmadi.
Bu hol o‘qituvchining zimmasiga adabiyot darsini qayta ko‘rish va uni yangi talablarga mos shaklda tashkil qilish kabi g’oyat muhim vazifani qo‘ydi. Hozirgi o‘rta maktablarda adabiyot o‘qitishni ijtimoiy hayot talablari bilan o‘quvchilarning mehnati bilan uzviy bog’lash ta’limning bosh masalasidir. O‘quvchilarga beriladigan bilim va ularga hosil qilinadigan ko‘nikmalar ta’sirli, o‘quvchilarning yangicha yashashlari va ijodiy mehnatlari uchun yordam beradigan bo‘lishi lozim. Bu talab o‘qituvchining diqqat markazida turishi kerak.
O‘qituvchi o‘quvchilarga adabiyot fani asoslarini, adabiyot tarixi va nazariyasi puxta tushuntirib borishi lozim. Lekin fan asoslarini tushuntirishda uning hayotiyligini, biror maqsadga qaratilganligini o‘quvchilar ongiga singdirib borish zarur. Shundagina adabiyotning zamonaviyligi to‘g’ri ochiladi va o‘quvchilar adabiyotni o‘z hayotiy tajribalari bilan bog’lay oladilar. O‘quvchilarning hayotiy tajribalari cheklangan, ularning odamlar haqidagi tushunchalari hali zaif, subyektiv va beqaror bo‘ladi. Badiiy adabiyot o‘quvchilarning tasavvurini kengaytiradi, ularning ko‘zi oldida yangi dunyo yangi hayot ochadi, ularning xilma-xil davrlarga olib kiradi, har xil odamlar va ijtimoiy sinflar bilan tanishtiradi. Shu tariqa, badiiy adabiyot o‘quvchilarning inson va jamiyat haqidagi tasavvurlarini kengaytirib boradi, ularning shaxsiy tajribalarinitartibga soladi va chuqurlashtiradi, kuzatishlarini o‘tkirlashtiradi, insonning tabiatini bilishga o‘rgatadi. Adabiyot o‘qitishning yana bir fazilati shundan iboratki, o‘qish va asarni o‘rganish o‘quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o‘stirishga kuchli ta’sir etadi.
Bolalar maktabga kirgan vaqtlarida ozgina so‘z zapasiga ega bo‘ladilar. Ular o‘z nutqlarida shevaga xos so‘z va iboralarni ko‘proq ishlatadilar, jumladan ko‘pincha noto‘g’ri tug’ri tuzadilar. So‘z san’atkorlarining programmaga kiritilgan asarlari nutq madaniyatini taraqqiy ettirishda asosiy rol o‘ynaydi, o‘quvchilarni adabiy nutqqa o‘rgatishda katta yordam beradi. O‘qituvchi esa o‘quvchilar nutqining lug’aviy, mantiqiy va grammatik jihatdan o‘sishiga alohida diqqat qilishi lozim. Demak, o‘quvchilarga badiiy adabiyot vositasi bilan axloqiy-estetik tarbiya berish hozirgi maktablarimizning asosiy vazifasidir. O‘quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o‘rgatish, kitobga muhammat uyg’otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish. O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. O‘quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yutuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash. O‘quvchilarning bog’lanishni nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o‘stirish.O‘quvchilarning xayolot olamini boyitish. Elementar adabiy tasavvurini shakllantirish. Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo‘lib ular zamonaviy o‘qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o‘zaro bog’liq holda va sinfdan tashqari o‘qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi. Tasvirda syujet, qatnashuvchi shaxslar bo‘lmaydi; unda tabiat, ayrim predmet va hodisalar tasvirlanadi. O‘quvchilar «O‘qish kitobi»da berilgan ko‘pgina tasviriy matnlarni o‘qiydilar, ularni qayta hikoya qiladilar, bayon, ayrim narsa yoki hodisalarni tasvirlab insho ham yozadilar. Masalan, «Bizning sinfimiz», «Bahor keldi» kabi. Tasvirga xos xususiyatlar shundan iboratki, unda sifatlash, taqqoslash, metaforalar ko‘p bo‘ladi. Muhokama bog‘lanishli matnning anchagina qiyin shakli hisoblanadi, shuning uchun boshlang‘ich sinflar dasturida muhokama tarzida insho yozdirish tavsiya etilmaydi; o‘quvchilar inshoda muhokama elementlaridangina foydalanadilar.