Sinf Kirish


She’rni to‘g’ri o‘qish va o‘qitish katta san’ati



Yüklə 176,5 Kb.
səhifə5/6
tarix14.12.2023
ölçüsü176,5 Kb.
#180078
1   2   3   4   5   6
17 mavzu

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA
2.2. She’rni to‘g’ri o‘qish va o‘qitish katta san’ati
To‘g’ri o‘qish so‘zning uzun-qisqaligiga, o‘quvchining so‘z boyligiga, ya’ni so‘zning leksik ma’nosini qanchalik bilishishga hamda so‘zning bo‘g’in va morfemik tarkibiga bog’lik. O‘quvchilar ko‘pincha quyidagi sabablarga ko‘ra xatoga yo‘l qo‘yadilar:
1.So‘zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o‘rtasida ruxta sintez bo‘lmagani uchun bola so‘zning oldin tovush tomonini ko‘radi, uni talaffuz qilishga oshiqadi. So‘zning ma’nosini esa e’tiboran chetda qoldiradi.
2. So‘z ko‘p bo‘g’inli bo‘lib, bola uni oldin eshitmagan bo‘lsa, xatoga yo‘l qo‘yadi.
3. So‘zning ma’nosini bilmaslik tufayli xatoga yo‘l qo‘yadi.
4. Tez o‘qiyman deb xatoga yo‘l qo‘yadi.
5. To‘g’ri o‘qish yorug’likka va yorug’likning tushishiga ham bog’liq.
6. Undosh tovush so‘zning o‘rtasida va oxirida kelgan yopiq bo‘g’inli so‘zlarni o‘qishga qiynaladilar.
Xato o‘qishning oldini olish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi:
1. Matnni o‘qitishdan oldin undagi o‘qilishi qiyin so‘z, birikma va gaplarni aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab so‘zlarni bo‘g’inlab o‘qilishini mashq qildirish.
2. Matnni o‘qishdan oldinuning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan so‘zlarning lug’aviy ma’nosini tushuntirish. So‘z ma’nosini izohlash usullarini aniqlash.
3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish.
4. Matnni diqqat-e’tibor bilan o‘qishlari uchun sharoit yaratish.
5. Oldin ichda o‘qitish, so‘ng ovoz chiqarib o‘qitish.
6. O‘qitishda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni matnni oson, o‘rtacha qiynlikda va qiyin o‘qiladigan o‘rinlarini belgilab olib, unga kuchli yetadigan o‘quvvchilarga oldindan taqsimlab berish.
7. O‘quvchilarning o‘qishini muntazam tekshirib turish.
8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to‘g’ri tuzatish yo‘lini aniqlash.
9. O‘quvchilarni xato qilish mumkin bo‘lgan o‘rindan ogohlantirib turish.
10. Xatchupdan foydalanish.
11. Xato o‘qish o‘quvchining shaxsiy ko‘ruv sezgisiga bog’liq bo‘lsa, bu jihatni ham xisobga olish.
O‘qituvchining tuzilishi murakkab so‘zlarni oldindan xat-taxtaga yoki kartonga bo‘g’inlarga bo‘lib yozib qo‘yib, o‘quvchilarga ovoz chiqarib birgalikda o‘qitish yaxshi natija beradi.O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xato ikki xil yo‘l bilan tuzatiladi:
1. O‘quvchi so‘z oxirdagi qo‘shimchani noto‘g’ri o‘qisa, uni o‘qishdan to‘xtatmasdan xatoni to‘g’rilash mumkin.
2.Xato o‘qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o‘qitish usulidan foydalaniladi. Bunda o‘quvchiga o‘qigan matni yuzasidan savol berilsa, o‘quvchi
e’tiborli bo‘lib qayta o‘qiydi. Tez o‘qish me’yoriy tezlikda o‘qish bo‘lib, bunda o‘qish sur’at matning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O‘qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o‘sib borishi lozim. O‘qilayotgan asar mazmunini o‘zlashtirishni, matn mazmunini ongli idroq etishni ta’minlaydigan o‘qish tez o‘qish deyiladi. O‘qish sifatlarini eyaxshi o‘zlashtirgan holda o‘quvchilarning o‘qish sur’ati bir-biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og’zaki nutq tempiga to‘g’ri keladigan o‘qish sur’at normal tezlik hisoblanadi.
Chunki o‘ta tez ham, sekin o‘qish ham matn mazmunini o‘zlashtirishni qiynlashtiradi.O‘qish tezligi bir daqiqada o‘qiladigan so‘zlar soni bilan belgilanadi. Yangi o“quv yilida e’lon qilingan o‘qish dasturida 1-sinfning 2-yarim yiligida o‘qish sur’at 20-25 so‘z (notanish matnni o‘qish tezligi ham 20-25 so‘z); o‘quv yili oxirida 25-30so‘z; 2-sinfning 1-yarim yilligida matnni o‘qish tezligi 30-35 so‘z; 2-yarim yilligida 40-50 so‘z; 3-sinfning 1-yarim yilligida 60-70 so‘z; 2-yarim yilligida 70-80 so‘z; 4-sinfning 1-yarim yilligida ichida ovozsiz 110-130 so‘z, ovozli o‘qishga 90-100 so‘z deb belgilangan.Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bir daqiqada bol 250 so‘zli matnni o‘qisa,undagi 200 ta so‘zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo‘g’inlab o‘qisa, uning diqqat markazida so‘z emas, bo‘g’in bo‘ladi. Natijada u so‘zlarni eslab qola olmaydi.
Bu 4-sinf o‘quvchilarning o‘qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so‘zdan 100 so‘zni eslab qoladi. Bu esayuqori ko‘rsatkichlarga erishish imkonini beradi. 4-sinfda bir daqiqada 170-180 ta so‘z o‘qiydigan o‘quvchilar ham bor.O‘qish tezligi to‘rt davomida to‘g’ri va ongli o‘qish bilan bog’liq holda asta ortib boradi. O‘qish tezligini tekshirganda o‘qituvchi o‘qiladigan materialning xarakterini, ya’ni g’oyaviy-mavzuviy marakkabligini, so‘z va gaplarning tuzilishini, ularning bolalar nutqida qay darajada ishlatilishini, o‘qishning to‘g’ri va ongli bo‘lishini hisobga oladi. O‘quvchilarning o‘qish tezligi har xil bo‘ladi,albatta. O‘qituvchining vazifasi barcha o‘quvchilarning o‘qish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat. O‘qish san’atini oshirishga tez aytishlari,maqollarni yod oldirish va matnni ovoz chiqarib o‘qishni mashq qilish kabilar samarali usullardan xisoblanadi. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘qish faoliyati barcha predmet darslarda amalga oshiriladi. Lekin, o‘qishga o‘rgatish yo‘l-yo‘riqlarini o‘qish metodikasi ishlab chiqaradi. O‘qish metodikasi kichik yoshdagi o‘quvchilarning umumiy rivojlanishi takomillashtrib boradi.Ongli o‘qish yaxshi o‘qishning asosiy sifati xisoblanadi. Ongli o‘qish o‘qilgan matnning aniq mazmunini asarning g’oyaviy yo‘nalishini, obrazlarni va badiiy vositalarning rolini tushunib o‘qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o‘qish o‘z navbatida,o‘quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so‘zning leksik ma’nosini, gapda so‘zlarning bog’lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog’liq. Hozirgi ongli o‘qish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki ma’noda: birinchidan.
O‘qish jarayonini egallashga nisbatan o‘qish texnikasi ma’nosida, ikkinchidan, keng ma’nodagi o‘qishga nisbatan o‘qish texnikasi ma’nosida, ikkinchidan, keng ma’nodagi o‘qishga nisbatan o‘qish sifatlaridan biri ma’nosidaqo‘llanadi.Matnni ongli o‘qish uchun o‘quvchilar to‘g’ri, me’yorida o‘qishni egallangan bo‘lishlari va o‘qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O‘quvchilar matnni ongli o‘qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi.
Tursunboy Adashboyevning yuqorida keltirilgan she’rlari ongli o‘qish uchun namuna bo‘la oladi. Ongli o‘qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish xisoblanadi. O‘qituvchi ongli o‘qishni matnni ifodali o‘qishga (agar ovoz chiqarib o‘qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning to‘g’riligiga, asar voqyealari va kahramonlarning xatti-harakatiga bildirilgan munosabatiga qarab baholaydi. Ongli o‘qish va ifodali o‘qish bir-birini taqozo qiladi, ammo bir-biriga aynan o‘xshamaydigan o‘qish sifatlaridir. Ifodali o‘qish intonasiya – ohang yordamida asarningg’oyasi va jozibasini to‘g’ri, aniq yozuvchi niyatiga mosravishda ifodali bilishdir. Demak, «Ifodali o‘qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emosionalligini intonasiya orqali o‘quvchilarga ko‘rgazmali qilib ko‘rsatishdir. Ifodali o‘qishning asosiy tamoyili o‘qiladigan asar g’oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir». Boshlang’ich sinf o‘quvchilariga dars jarayonida intonasiyaning ham roli katta ekanligini e’tiborga olish lozim, intonasiya og’zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementari: urg’u, nutq yempi va ritmi, pauza, ovozning past- balandligining yig’indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta’sir etadi va hammasibirgalikda asarning mazmunini, g’oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini ifodalaydi. O‘quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar quyidagilardan iborat:
1. Nutq jarayonida nafasni to‘g’ri olish va to‘g’ri taqsimlay bilish.
2.Har bir tovushning to‘g’ri artikulasiyasi va aniq diksiya (burro gapirish) malakasini egallash.
3. Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash
Bu shartlar faqat ifodali o‘qishgagina emas, balki ifodali nutqa, ya’ni hikoya qilishga ham taalluqlidir. O‘quvchining har qanday og’zaki hikoyasi ifodali bo‘lishi zarur.Ifodali o‘qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy bog’lanadi. Shuning uchun o‘qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda o‘z nafasini boshqara olish va ovozdan to‘g’ri foydalanishga o‘rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi balan-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (temp), yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O‘quvchilar matn mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o‘qish (gapirish)ga, nutqda tez, o‘rtacha yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg’uni ifodalashga o‘rganadilar. Ifodali o‘qishga o‘rgatishga o‘quvchilar pauza va logik urg’u bilan ham tanishtiriladi.Ifodali o‘qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo‘linadi:1.Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-harakatini tahlil qilish, asarning g’oyasini belgilash, ya’ni sarning g’oyaviy- mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish.
2.Matnning qaysi joyda to‘xtam (pauza) qilishni, mantiqiy urg’uning o‘rnini, o‘qish tempini belgilab olish.
3. O‘qishni mashq qilish, muallif fikrini, uning tasvirlangan voqyea-hodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan ifodali olish matnni qayta o‘qish.
4. Asrning mazmuni va g’oyaviy yo‘nalishini tahlil qilish ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan bog’lab olib boriladi.

XULOSA


Xulosa qilib aytganda, she’rni o‘qiganda kichik yoshdagi o‘quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya`ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta`sirida insonda tug`ilgan ruhiy
kechinma, fikr va tuyg`ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg`uga to‘la hayajonli nutqini ta`sirliroq ifodalashda qo‘l keladi”.Lirik she’rni o‘qish va tahlil qilish o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko‘p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san`at hissiyot bilan bog`liq ekanligi unutiladi, she’r ma`nosining satrlar, so‘zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o‘quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag`zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma`noni o‘qish mehnattalab ishdir.She’r ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solingan, his-tuyg`u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo‘laklarning izchil va birmeoyorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so‘zlar) hisoblanadi.She’rni o‘qiganda kichik yoshdagi o‘quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega.Boshlang`ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, lirik va epik she’rlar o‘qitiladi.She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya`ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta`sirida insonda tug`ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg`ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg`uga to‘la hayajonli nutqini ta`sirliroq ifodalashda qo‘l keladi”.Lirik she’rni o‘qish va tahlil qilish o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi.


Yüklə 176,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin