Sinf rahbarining o’quvchilar jamoasini shakllantirish metodikasi



Yüklə 18,54 Kb.
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü18,54 Kb.
#211713
1   2   3   4   5   6   7
Sinf rahbarining o’quvchilar jamoasini shakllantirish metodikasi

Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko’rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ (kattalar bilan ham, kichiklar bilan ham tez aloqa o’rnata olish) qobiliyatga ega bo’lishi, ro’y berayotgan fakt va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog’lab baholashgina emas, balki ro’y berish sababiga qarab hukm ham chiqarishi pedagogik optimizmga, ijod qilish qobiliyatiga ega bo’lish kerak. Sinf rahbarining eng muhim fazilati – odamlar bilan tezda til topa olishi, ko’pchilikka o’shila bilish, ulfatjonlik, dilkashlik bo’lib, bu undagi muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. CHunki unga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan ishlashga to’g’ri keladi. Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda o’quv-tarbiya jarayonida qulay munosabatlar yaratish uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli asoslar bo’luvchi sinf rahbarining insoniy xislatlari muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda

Sinf rahbarining sinf jamoasi bilan tarbiyaviy ishlar mazmuni

Sinf rahbari uchun juda muhim xislat – insonparvarlik, ya’ni o’sayotgan insonga oliy qadriyat kabi munosabat qilish lozim. Insoniy munosabatla o’quvchiga nisbatan xayrixohlik, unga yordam berish, ularning fikriga quloq solmoq, uning o’quvchilik faoliyatiga yuksak talabchanlikdan iborat.


Sinf rahbari doimo faol, ijodkor shaxsdir. U o’quvchilarning kundalik hayotini uyushtiruvchi hamdir. O’quvchilarda qiziqish uyg’otish, ularni o’zi bilan yetaklash faqat yuksak irodali insonning qo’lidan keladi.
Muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning birinchi sharti - bu sinf rahbarining talabchanligi. Dastlab talabni u o’ziga qo’yishi kerak, chunki o’zingda bo’lmaganni o’zgadan talab qila olmaysan. Talabchanligi bilan birga oqilona tarbiyachi ham bo’lishi lozim.
Shaxs axloqini harakterlaydigan belgilardan biri – ma’suliyatdir. Sinf rahbarining ma’suliyati - tarbiyachining faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi.

Sinf rahbarining faoliyatiga qo’yiladigan pedagogik va psixologik talablar

  • Sinf rahbari fan o’qituv ishlariga nisbatan tarbiyaning ko’p qirrali muhim vazifalarini bajaradi. SHuning uchun uning oldiga juda katta pedagogik va psixologik talablar ko’yilgan, bu talablar tarbiyaviy ishlarni yukori darajaga ko’tarishda muhim rol o’ynaydi.
  • Sinf rahbariga nisbatan qo’yiladigan talablar: yuqori g’oyaviylik va onglilik; sinf rahbari katta obro’ga, ehtiromga va hurmatga ega bo’lishi; pedagogik mahorat; madaniy qobiliyatining mavjudligi; pedagogik odobga ega bo’lish; yosh avlodga nisbatan hurmat va ehtiromli bo’lish; tashkilotchilik malakasi va mahoratiga ega bo’lish; tarbiyaviy ishlarga nisbatan ijodiy munosabatda bo’lish; sinf rahbari kasbini yuqori ko’tarish va mustaqil bilim olish qobiliyatiga ega bo’lish.

Yüklə 18,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin