____________ viloyati __________ tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi ____-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9 -“__” -sinf rahbari _____________________________ning 9 - sinflar uchun Sinf soati Yillik ish reja va ishlanmalari
Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprelda “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Sinf soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi. Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.
Mazkur dastur va metodik qo‘llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.
Dasturning maqsadi — Sinf soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.