Shavkat MIRZIYOEV Ikkinchidan, Taraqqiyot strategiyasida yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat etib belgilanmoqda va u milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi. Bunga yaqqol misol Taraqqiyot strategiyasi «inson – jamiyat – davlat» degan yangi tamoyil asosida ishlab chiqilgan.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilandi. Bu – bejiz emas. Zero, ajdodlarimiz yetti raqamini baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu niyatni ro‘yobga chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar. Shavkat MIRZIYOEV
Uchinchidan, Taraqqiyot strategiyasi 94 ta milliy maqsadlarni qamrab olgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat:
birinchi, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
ikkinchi,mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
uchinchi, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;
to‘rtinchi, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
beshinchi,ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
oltinchi, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;
yettinchi, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.
Asosiy qomusimiz kafili sifatida Konstitutsiya va qonunlarimiz talablarini so‘zsiz bajarish, «Inson qadri uchun» degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish bundan buyon ham faoliyatimning bosh mezoni bo‘lib qoladi. Shavkat MIRZIYOEV