O`qituvchi butun bir dars davomida o`quvchilarning savollarga bergan javoblarini umumlashtirib darsga xulosa yasaydi: Yakunlovchi qism: Vatanga bo`lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodir.
Tomirida milliy g`urur, Vatan ishqi jo`sh urmagan odamdan jasorat kutib bo`lmaydi.
Aziz o`quvchilar! O`z aqli zakovatingiz, bilim va tafakkuringiz, kuch-g`ayratingizga, tog`dek tayanchingiz Vataningizga suyanib, marrani katta oling. Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli yoshlarimizniki!
Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g`alabangiz-yurtmiz g`alabasi O`zbekiston g`alabasidir!
Dars davomida o`qituvchi javob bergan o`quvchilarni fikrlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilmagan holda, to`qri yo`naltirib, rag`batlantirib borishi shart.
TARAQQIYOT STRATEGIYASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI NIMALARDAN IBORAT? El-yurtimiz biz boshlagan xalqchil islohotlarga bugun xayrixohlik va qat’iy ishonch bilan qarab, ularning hosili va samarasini tezroq ko‘rishni istamoqda. Ana shu haqli talabni inobatga olgan holda, biz Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqib, saylov jarayonida uni o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazdik. Shavkat MIRZIYOEV
Birinchidan, Taraqqiyot strategiyasi loyihasi xalqimizning yuksak ishonch va e’tirofiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni saylovoldi dasturi, ya’ni «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» asari hamda Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida bayon qilingan maqsad va vazifalar asosida ishlab chiqilgan.
Bu muhim konseptual hujjatda islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida «Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari» degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo‘yildi.