Sinf soati Yillik ish reja va ishlanmalari Tushuntirish xati



Yüklə 5,9 Mb.
səhifə11/12
tarix18.08.2023
ölçüsü5,9 Mb.
#139769
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
9 sinf Sinf soati Tarbiyaviy soat 2023 2024 to`liq hajmdagi eng

MMIBDO‘: ______________________


Sana:__________
3-mavzu:Vatan taraqqiyotiga mening hissam
Kun shiori: “Vatanim tuprog`i muqaddas menga! ”
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikka qiziqishlarini uyg`otish, tabiatni e’zozlash kerak ekanligini singdirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi menda.
Chapar urib gullagan bog`in,
O`par edim, Vatan tuprog`in. ”
Hamid Olimjon

O`qituvchi: Vatan so‘zining ma’nosi bugungi kunda juda keng. Hozirgi vaqtda
vatan deganda faqat tug‘ilgan makonni emas, avvalo o‘zimiz yashayotgan, uning fuqarosi bo‘lgan mamlakatni tushunamiz. Inson tug‘ilgan, voyaga yetgan xonadon, mahalla, qishloq va shahar esa Vatan ichidagi kichik vatandir.
Aziz o‘quvchi, Vatanni anglash uchun uni chin yurakdan sevish,ona yurt tarixi, uning bugungi taraqqiyoti, odamlari, tabiati haqidako‘p narsalarni bilish lozim.
Vatanning aniq bir hudud bilan bog‘liq ekanini tan olmaydigan,
«Biz uchun butun yer yuzi – vatan», deb yashaydigan odamlar ilmfanda kosmopolitlar deb ataladi. Bunday zotlar aslida vatansizlik g‘oyasini targ‘ib qiladi. Bu g‘oya zararlidir. Vatanning nomi aytilishi bilan uning bag‘rida o‘tgan yillarimiz, ota-onamiz, qadrdon uyimiz esimizga tushadi, qalbimiz shirin histuyg‘ularga to‘ladi. Yurtimizning betakror tabiatini tomosha qilganda, uning boyliklaridan bahramand bo‘lganda, olis ellarda vatandoshlarimiz bilan
ko‘rishganda, ularning sport, madaniyat, san’at va boshqa sohalarda
erishgan yutuqlarini eshitganda, beixtiyor quvonamiz. Vatan tuyg‘usi insonga ona allasi, bobolar o‘giti, otaning ibrati, oila, maktab tarbiyasi, ta’lim, ona tabiat bilan muloqot jarayonida singadi. Vatan tuyg‘usi og‘ir damlarda bizga kuch-quvvat beradi,xalqimizni, yurtimizni dunyoga tanitishga, ajdodlarimizning buyuk
an’analariga sodiq bo‘lishga da’vat etadi.Vatanparvarlik ona yurtni sevish va ulug‘lash, uni himoya qilish hissi bilan yashash, shu yo‘ldagi fidoyilikdir.
Fidoyilik o‘zini, bor kuch-g‘ayrati va aql-zakovatini ezguva buyuk maqsadlar yo‘lida to‘la safarbar etish demakdi


Yüklə 5,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin