Rivoyat
Bir parcha yer
Qadim zamonda bir yurtga yov bostirib kirmoqchi bo'lib,bahona izlay boshlabdi. Lekin bu yurtning podshosi juda donishmand, oqil va tinchliksevar ekan. U dushmanning niyatini tu-shunibdi va behuda qon to'kilishiga yo'l qo'ymaslik uchun yovning lashkarboshisiga o'zining uchqur arg'umog'ini, ya'ni zotdor otini beribdi. Ammo dushman bu bilan kifoyalanmabdi. Uyana urush boshlaymiz, deya dag'dag'a qilishdan to'xtamabdi.Shunda podshoning lashkarboshilari yig'ilib, «Shohim, o'zingiz ayting, biz qachongacha bunday xo'rlikka chidab, jim qarab tura- veramiz, buyuring, bizlar jangga kiraylik, yurtimizni, sha'n-U g'ururimizni himoya qilaylik», debdi. Podsho yana bosiqlik bilan,«Yo'q, bekorga qon to'kilmasin», deb javob beribdi va urushning oldini olish uchun yov lashkarboshisiga o'zining tilla qilichini in'om etibdi. Biroq makkor yov bu bilan ham kifoyalanmabdi.
Dostları ilə paylaş: |