IV.Yangi mavzuni mustahkamlash;
O’zbekiston xalqi kimlardan iborat?
Tili, madaniyati, tarixi, yashash hududi ham-da san'ati, qadriyatlari umumiy bo'lgan kishilar guruhi nima deb ataladi?
O'zbekistonda qancha millat vakillari ahil-inoqlikda istiqomat qiladi?
VI.Uyga vazifa;Mavzuni o’qib o’rganib kelish. Savollariga javob yozish.
Mavzu: O’zbekiston deya atalur
Darsning maqsadi: O’quvchilarga «Mintaqa» degan so'zning ma'nosini tushuntirib bera olishi,O'zbekiston qaysi mintaqada joylashganligini,O'zbekiston qaysi mamlakatlar bilan chegaradosh ekanligi, O'zbekiston deganda ko'z oldimizga avvalo nimalar kelishini, Vatanimizning moddiy va ma'naviy boyliklari haqida nimalarni bilishi,Shoirlarimiz yurtimiz go'zalligini qanday kuylaganligini, O'zbekiston haqidagi she'rlar va fikrlarni tushuntirish.
1Ta`limiy: Bolalarga Vatan tuyg’usi fani haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.
2Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;
Dostları ilə paylaş: |